Karshiev Faxridin Umarovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tayyorlash va tarqatish texnika vositalarining ilmiy-texnik echimlari”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T447
Ilmiy  rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. PhD.03/30.06.2020.T.111.02 
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarni sertifekatlash va sinash Markazi” .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik chorvachilik xo‘jaliklarida dag‘al va donli ozuqalarni kam sarf-harajatlar bilan belgilangan talablar darajasida maydalab beradigan va tayyorlangan ozuqalarni belgilangan me’yorlar bo‘yicha tarqatadigan qurilmalarni ishlab chiqish hamda ularning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
presslangan va boshqa ko‘rinishda yig‘ishtirilgan dag‘al ozuqalarni maydalash apparatiga taqsimlab uzatadigan biterlarga ega maydalagich qurilmaning ixcham konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qurilma uzatish biterlari diametri ularning dag‘al ozuqalarni ishonchli qamrab olishini hisobga olgan holda, aylanishlar soni esa dag‘al ozuqalarni maydalash apparatiga maydalagich ish unumiga mos ravishda uzatish shartidan aniqlangan;
maydalagich qurilma maydalash apparati parametrlari va chiqish tuynigining balandligi maydalangan ozuqa tarkibida 3-5 sm uzunlikdagi fraksiyalarning eng ko‘p bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan;
ozuqabop donlarni to‘qmoqli maydalagich ta’sirida bo‘laklarga bo‘linish jarayonining mohiyati ochib berilgan hamda ular asosida to‘qmoqli  maydalagich va maydalash kamerasining parametrlari asoslangan;
don maydalagich qurilma ishchi qismlarining maqbul parametrlari donlarni zarbli maydalashda maydalangan mahsulot tarkibida yirik va o‘ta maydalanib ketgan zarrachalar kam va maydalanish moduli 1,3-1,5 oralig‘ida bo‘lgan mahsulot olish shartidan kelib chiqib aniqlangan;
maydalangan ozuqalarni chorva mollariga bir me’yorda tarqatish uchun plankali rotorga ega kichik hajmli ozuqa tarqatish qurilmasi ishlab chiqilgan;  
ozuqa tarqatish qurilmasining plankalari aylanishlar soni to‘kish noviga kerakli miqdorda ozuqa surilishi va ularning to‘kish novidan bir maromda to‘kilishini ta’minlashni hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Kichik  chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tayyorlash va tarqatish texnika vositalarining ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqabop donlarni va dag‘al ozuqalarni maydalash qurilmalari hamda ozuqa tarkatkichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan  (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 avgustdagi № 07/24-04/5608-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik xo‘jaliklar uchun mos bo‘lgan energiya va resurstejamkor ozuqa maydalagich va tarqatkich qurilmalarni yaratishga erishilgan;
donlarni davomli zarbali ta’sirlar hisobiga maydalaydigan qurilma Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hamda Qamashi tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 avgustdagi № 07/24-04/5608-son ma’lumotnomasi). Natijada don maydalagich qurilma qo‘llanilganda mavjud qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,1 martagacha kamayishiga erishilgan;
dag‘al ozuqalarni maydalash qurilmasi Qashqadaryo viloyati Nishon hamda Qamashi tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 avgustdagi № 07/24-04/5608-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,3 martagacha kamayishiga erishilgan;
kichik hajmli ozuqa tarqatish qurilmasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hamda Qamashi tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 avgustdagi № 07/24-04/5608-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik chorvachilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalash hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,7 martagacha kamayishiga erishilgan;
don va dag‘al ozuqalarni maydalash va ozuqa tarqatish qurilmalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agpomash» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 avgustdagi № 07/24-04/5608-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqa tayyorlash va tarqatishda qo‘llaniladigan yuqori samarali qurilmalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish