Tolibov Bekzod Xakimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/S89.
Ilmiy rahbar: Latipova Nodira Muxtarjanovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSs.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Seitov Azamat, sotsiologiya fanlari doktori; Abdulazizov Abduvohid, sotsiologiya fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda aholining ehtiyojmand qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlarini tahlil qilish va rivojlantirish istiqbollarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ehtiyojmand aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirishda mutaxassis kadrlarning ijtimoiy xizmatlar bilan shug‘ullanishi va sohada mashg‘ullikni perfektiv darajada yo‘lga qo‘yish orqali erishiladigan maxsus bilim va ko‘nikma hamda vakolatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy ishchilarning faoliyatiga bevosita bog‘liqligi empirik asoslantirilgan;
muhtoj oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning kognitiv, pedagogik, psixologik va sotsiologik jihatlarini integratsiyalashtirish orqali har bir ehtiyojmand guruh uchun alohida reabilitatsiya dasturlarini qo‘llash tamoyilining mental-pozitiv mohiyati ochib berilgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash va mehnat bozorida ularni ishlashi mumkin bo‘lgan kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “bandlik xizmati”ga integratsiya qilinishi sotsiologik asoslantirilgan;
ehtiyojmand yoshlarni jamiyatga integratsiyasini ta’minlashda ularni kasb-hunarga o‘qitish, qo‘shimcha ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish orqali faollashtirish, mobilligini oshirish va ijtimoiy harakatchanlik immunitetini kuchaytirishga yo‘naltirilgan mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalaridan:
ehtiyojmand aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirishda mutaxassis kadrlarning ijtimoiy xizmatlar bilan shug‘ullanishi va sohada mashg‘ullikni perfektiv darajada yo‘lga qo‘yish orqali erishiladigan maxsus bilim va ko‘nikma hamda vakolatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy ishchilarning faoliyatiga bevosita bog‘liqligi empirik asoslantirilganligiga oid takliflaridan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2021 yil avgust-sentyabr` oyida «O‘zbekistonda aholining ehtiyojmand qatlamlarini «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida va «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi»da reabilitatsiya qilish amaliyoti holati va istiqbollari» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarda ekspriment tariqasida maxsus modifikatsiyalashtirilgan so‘rovnomasi qo‘llanildi. Sotsiologik savolnomasining «A» blokida 5 ta, «V» blokida 9 ta, «S»blokida 6 ta savollarni tuzishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 26 avgustdagi 01-16/251-son ma’lumotnomasi). Bunda aholining ehtiyojmand qatlamlari orasida amaliy sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishda maxsus anketalarni qo‘llash va interv`yuerlar tomonidan ob’ektga nisbatan alohida yondashishga hamda amaliy sotsiologik tadqiqotlar orqali ehtiyojmand aholi toifalaridagi latent ijtimoiy muammolarni aniqlash imkonini bergan;
muhtoj oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning kognitiv, pedagogik, psixologik va sotsiologik jihatlarini integratsiyalashtirish orqali har bir ehtiyojmand guruh uchun alohida reabilitatsiya dasturlarini qo‘llash tamoyilining mental-pozitiv mohiyati ochib berilganligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida «Reabilitatsiya qilinayotgan nogironligi bor shaxslarni va yolg‘iz keksalarni kognitiv, pedagogik, psixologik va sotsiologik jihatlarini integratsiyalashtirish orqali  ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish» mavzusidagi loyihaga ko‘ra har bir ehtiyojmand guruh uchun alohida dastur ishlab chiqish tamoyili asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti agentlik direktorining 2021 yil 17 avgustdagi buyrug‘iga asosan agentlik tizimidagi muassasalarda eksperimental tarzda amaliyotda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2021 yil 11 noyabrdagi 12-02-12/655-son ma’lumotnomasi). Bu agentlik tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar samaradorligi va natijadorligiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, shuningdek, ehtiyojmand aholiga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda ijtimoiy guruhlarning mental-pozitiv mohiyati aniqlash uchun muassasalarda indentifikatson kartalarni ishlab chiqish imkonini bergan. 
nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash va mehnat bozorida ularni ishlashi mumkin bo‘lgan kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “bandlik xizmati”ga integratsiya qilinishi sotsiologik asoslanganligiga oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining «66-maqsadi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish» deb nomlangan bo‘limining 244-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2022 yil 20 martdagi 12-02-12/655-1 son ma’lumotnomasi). Bunda nogironligi bor shaxslarning bandligini ta’minlash va mehnat bozorida ularni ishlashi mumkin bo‘lgan kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “bandlik xizmati”ga integratsiya qilish imkonini bergan;
ehtiyojmand yoshlarni jamiyatga integratsiyasini ta’minlashda ularni kasb-hunarga o‘qitish, qo‘shimcha ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish orqali faollashtirish, mobilligini oshirish va ijtimoiy harakatchanlik immunitetini kuchaytirishga yo‘naltirilgan mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etilishi asoslantirilganligiga oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida nogironligi bor yoshlarni faollashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy ijtimoiy xizmatlarni turini va ko‘lamini ko‘paytirish, ularni jamiyatga integratsiya qilishni jadallashtirish borasida Agentlik direktorining 2022 yil 17 martdagi buyrug‘iga asosan agentlikning chora-tadbirlar rejasining 4 bo‘limida 3, 4, 5-bandlarini hamda 5- bo‘limining 2, 5, 7-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2022 yil 20 martdagi 12-02-12/655-2 son ma’lumotnomasi). Bunda ehtiyojmand aholi qatlamidagi ijtimoiy guruhlarni ijtimoiy kuzatib borish amaliyotini agentlik faoliyatiga joriy qilishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan va agentlikning hududiy boshqarmalari va mahalliy bo‘linmalari Nizomlarining namunaviy shaklining 4-bo‘limidagi «A», «D» va «S» bandlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda metodologik asos sifatida o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish