Mo‘minov Zokirjon Odiljonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki migratsiya jarayonlarida kasbiy mobillikning hududiy xususiyatlari», 22.00.03 – Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/S56.
Ilmiy rahbar: Parmanov Farxod Yarashevich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi DSs.20/30.12.2019.S.23.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Kaxxarov Abdulaxat Ganievich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ichki migratsiya jarayonlarida kasbiy mobillikning ijtimoiy asoslari va mexanizmlarini aniqlab, hududiy indikator ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsiya va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«kasbiy mobillik», «ichki migratsiya», «kasbiy kompetensiya» va «mutaxassisning kasbiy mobilligi» tushunchalari o‘rtasida korrelyasiya o‘rnatilishi asosida viloyatlarning ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlovchi hududiy xususiyatlari ochib berilgan; 
kasbiy mobillik samaradorligini oshirish va resessiya yuz berishi jarayonida malakasiz ichki migrantning sotsiomadaniy statusiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillap (hapakat tiplapi, tupmush tapzi va mulkiy munocabatlar) sotsiologik asoslangan;   
migratsiya jarayonlarini dasturiy rivojlantirish doirasida tashkil etish va hududlarda xizmat ko‘rsatishni rag‘batlantirish hamda konctpuktiv universal tajriba almashinuvi asosida kasbiy mobillik xaritasini tuzish orqali jamiyatning demografik manzarasi ochib berilgan.
mutaxassis kasbiy mobilligini rivojlantirishda kasblarga bo‘lgan ehtiyoj hamda taklif etilayotgan kasblar o‘rtasidagi disbalansga nisbatan mobil fuqaroni umumiy va yaxlit holatlarda tizimli ishlash asosida shakllantirish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichki migratsiya jarayonlarida kasbiy mobillikning hududiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«kasbiy mobillik», «ichki migratsiya», «kasbiy kompetensiya» va «mutaxassisning kasbiy mobilligi» tushunchalari o‘rtasida korrelyasiya o‘rnatilishi asosida viloyatlarning ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlovchi hududiy xususiyatlari ochib berilganligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi farmoni 10-bandining uchinchi xatboshisida belgilangan «mehnat migrantlari, ishga joylashish geografiyasi, ularning faoliyat yo‘nalishlari va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish» bo‘yicha agentlik ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 02/00-01/12-9408-son ma’lumotnomasi). Natijada, migratsiya jarayonlarida kasbiy mobillik imkoniyatlaridan ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, ichki va tashqi mehnat bozorlarida migrantlar raqobatbardoshligini ta’minlash, migratsiyaning tarmoqlararo kooperatsiyasini kengaytirish va  rag‘batlantirish; mamlakatdagi ichki va tashqi migratsiya jarayonlarini takomillashtirish hamda ijtimoiy mexanizmlarini tartibga solishga xizmat qilgan;
kasbiy mobillik samaradorligini oshirish va resessiya yuz berishi jarayonida malakasiz ichki migrantning sotsiomadaniy statusiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillap (hapakat tiplapi, tupmush tapzi va mulkiy munocabatlar) sotsiologik asoslanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 3.v-bandining 2-xatboshisida belgilangan «o‘quvchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik» bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 26 dekabrdagi «O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi 17-mh-sonli buyrug‘i asosida vazirlik yagona elektron bazasi dasturida «Bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chish oqibatida himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash» bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 06-06/3-1491-son hamda 2022 yil 18 avgustdagi 06-06/3-1906 son ma’lumotnomasi). Natijada, turli ijtimoiy va madaniy tizimga mansub migrantlar, ularni qabul qilgan jamiyatdan u yoki bu darajada ijtimoiy-madaniy xususiyatlarni qabul qilib olish, ularga o‘z xususiyatlarini transformatsiya qilish, bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chish oqibatida himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashni tahlil qilish imkonini bergan;
migratsiya jarayonlarini dasturiy rivojlantirish doirasida tashkil etish va hududlarda xizmat ko‘rsatishni rag‘batlantirish hamda konctpuktiv universal tajriba almashinuvi asosida kasbiy mobillik xaritasini tuzish orqali jamiyatning demografik manzarasi ochib berilganligiga oid taklifi Namangan viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin zamin” radosida uzatilgan “Munosabat” eshittirishida migratsiya jarayonlarini dasturiy rivojlantirish doirasida tashkil etish va hududlarda xizmat ko‘rsatishni rag‘batlantirish hamda konctpuktiv universal tajriba almashinuvi asosida kasbiy mobillik xaritasini tuzish orqali jamiyatning demografik manzarasi ochib berish, migratsiya jarayonlarida kasbiy mobillik imkoniyatlaridan ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, mamlakatdagi ichki va tashqi migratsiya jarayonlarini takomillashtirish hamda ijtimoiy mexanizmlarini tartibga solishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradokompaniyasi Namangan viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 fevraldagi 02-04-57-son ma’lumotnomasi).  Natijada, migratsiya jarayonlarida kasbiy mobillik imkoniyatlaridan ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, mamlakatdagi ichki va tashqi migratsiya jarayonlarini takomillashtirish hamda ijtimoiy mexanizmlarini tartibga solishga xizmat qilgan;
mutaxassis kasbiy mobilligini rivojlantirishda kasblarga bo‘lgan ehtiyoj hamda taklif etilayotgan kasblar o‘rtasidagi disbalansga nisbatan mobil fuqaroni umumiy va yaxlit holatlarda tizimli ishlash asosida shakllantirish lozimligi asoslanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 4. a)-bandi 4-xatboshisida belgilangan «qishloq aholisini yangi sanoat ixtisosliklariga o‘qitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish» bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2019 yil bo‘lib o‘tgan saylovlardagi Saylovoldi dasturining “Rivojlanishdagi ijtimoiy ustuvorlik – partiya siyosiy pozisiyasining asosi” bandini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 1-418-son ma’lumotnomasi). Natijada, migratsiya jarayonlarida kasbiy mobillik imkoniyatlaridan ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, mamlakatdagi ichki va tashqi migratsiya jarayonlarini takomillashtirish hamda ijtimoiy mexanizmlarini tartibga solishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish