Eryigitova Lobar Qodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ajrim holatiga kelgan oilalar bilan ishlashning ijtimoiy jihatlari», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/S69.
Ilmiy rahbar: Sodiqova Shohida Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSs.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Abduazimov Oqiljon Utkirovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Xuseyinova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar jarayonida oilaviy ajrimlar holatiga kelgan oilalar bilan ishlashning ijtimoiy jihatlarini asoslash va mazkur yo‘nalishni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilalarni mustahkamlashda oiladagi ajrim holatining motividan kelib chiqib voqeylikka xolis yondashuvni shakllantirish jarayoniga mahallalarda keksa avlod vakillari hamda ma’rifatli ota-onalar bilan muloqot shaklini yo‘lga qo‘yilishi asoslangan;
milliy, mental xususiyatlarni e’tiborga olgan holda nizoli oilalarni yarashtirish, ziddiyatli holatlarni bartaraf etishda mintaqaga xos qarindosh va urug‘ning yoshi ulug‘lari tomonidan «shu urug‘ sha’niga nomunosib ish» deb bilishni yoshlar ongiga differensiyallashgan yondashuv asosida singdirishning ahamiyati ochib berilgan;
oilalarning ajrim holatiga kelib qolish mezonlarini e’tiborga olib, mahallada etnomediatorlarning (oila tuzilmalari, munosabatlari va xatti-harakatlarini tushinish va buzilgan munosabatlarni tiklashga yordam beradigan, mavjud vaziyatning ijtimoiy-huquqiy, psixologik, pedagogik, tibbiy va maishiy jihatlarini hisobga oladigan) xizmatini yo‘lga qo‘yilishi asoslangan;
oilaviy sudlarni tashkil etish orqali (oila ajrimlarini sudda yopiq holatda ko‘rilishi, oila sirlari saqlanishiga e’tibor qaratishi, sudgacha mediatsiya xizmatidan keng foydalanish, aybdor tomonga beriladigan sanksiyalarni aniqlashtirish va kuchaytirish) sudlarning ajrimlarga emas, balki oilalarni ajrimlardan saqlab qolishga xizmat qilishi asoslantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatimiz hayotidagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar jarayonida ajrim yoqasiga kelgan oilalar bilan ishlashning ijtimoiy jihatlarini Surxondaryo viloyatiga xos tadqiqot natijalaridan: 
oilalarni mustahkamlash, oiladagi ajrim holatining motividan kelib chiqib voqeylikka xolis yondashuvni shakllantirish jarayoniga mahallalarda keksa avlod vakillari hamda ma’rifatli ota-onalar bilan muloqot shaklini yo‘lga qo‘yilishiga oid takliflaridan «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  PF-5667-son farmonining 2-bandidagi «oila barqarorligi va mustahkamligini ta’minlash va jamiyatda oila barqarorligini mustahkamlash» maqsadida Markaz tomonidan 2021 yil respublikamiz viloyatlarida «Erta turmush, uning sabab va oqibatlari to‘g‘risida o‘zbekistonliklarning fikri»  mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda ilk bor ekspermental tarzda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 24 noyabrdagi 01-16/343-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «mahallabay» ishlash tizimida  oilaviy ajrimlarni oldini olish, ajrim holatiga kelgan oilalar bilan ishlash, ajrim muammolarini hal qilishda keksa avlod vakillari hamda ma’rifatli ota-onalar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yilishi ijobiy natija berib, ajrim holatiga kelib qolgan oilalarni ajrimdan saqlab qolish imkonini bergan; 
milliy, mental xususiyatlarni e’tiborga olgan holda nizoli oilalarni yarashtirish, ziddiyatli holatlarni bartaraf etishda mintaqaga xos qarindosh va urug‘ning yoshi ulug‘lari tomonidan «shu urug‘ sha’niga nomunosib ish» deb bilishni yoshlar ongiga differensiyallashgan yondashuv asosida singdirishning ahamiyati ochib berilganligiga oid takliflaridan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 70-maqsadining «Yoshlar bilan ishlashning samarali boshqaruv tizimini joriy etish» deb nomlangan 256-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2022 yil 12 yanvardagi №04-13/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda  oila transformatsiyasi to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy-nazariy sotsiologik ma’lumotlardan foydalanish, yoshlarda oila qadriyatlariga ta’sir etuvchi ommaviy madaniyat ko‘rinishidagi mafkuraviy tahdidlardan  himoyalash imkonini bergan;
oilalarning ajrim holatiga kelib qolish mezonlarini e’tiborga olib, mahallada etnotizim mediatorligini (oila tuzilmalari, munosabatlari va xatti-harakatlarini tushinish va buzilgan munosabatlarni tiklashga yordam beradigan, mavjud vaziyatning ijtimoiy-huquqiy, psixologik, pedagogik, tibbiy va maishiy jihatlarini hisobga oladigan) yo‘lga qo‘yilishiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan «Zamonaviy  chet ellik va o‘zbek yoshlarining oilaga qarashlarini qiyosiy tahlil qilish» mavzusidagi  ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 10 maydagi №01-09/908-son ma’lumotnomasi). Natijada «Yosh oilalarda ajrimlar oldini olish: muammo va echimlar» nomli   uslubiy qo‘llanma tayyorlandi. Bu mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun ajrim holatiga kelib qolgan oilalar bilan ishlashda qo‘llanmadan foydalanish imkonini bergan; 
oilaviy sudlarni tashkil etish orqali (oila ajrimlarini sudda yopiq holatda ko‘rilishi, oila sirlari saqlanishiga e’tibor qaratishi, sudgacha mediatsiya xizmatidan keng foydalanish, aybdor tomonga beriladigan sanksiyalarni aniqlashtirish va kuchaytirish) sudlarning ajrimlarga emas, balki oilalarni ajrimlardan saqlab qolishga xizmat qilishiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash» deb nomlangan 69-maqsadining «Oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimlashtirish va samaradorligini yanada oshirish» deb nomlangan 253-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 10 maydagi №01-09/908-son ma’lumotnomasi). Natijada, ajrim yoqasiga kelgan yosh oilalar bilan ijtimoiy ish olib borishda har bir hududning o‘ziga xos etnohududiy xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, oilalarni ajrimlardan saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish