Abdunazarov Jamshid Nurmuxamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metodologicheskie osnovi obespecheniya bezopasnosti dorojnogo dvijeniya gorodskix avtomobil`nix dorog”, 18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (texnika fanlari)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T406.
Ilmiy rahbar: Shukurov Ilxomjon Sadrievich, texnika fanlari doktori,
professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Jizzax politexnika instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSs.03/30.12.2021.A.11.02
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Uroqov Asliddin Xushvaqtovich, texnika fanlari doktori, dotsent Xotamov Asatulla Toshtemirovich, texnika fanlari doktori, professor Ibragimov Baxrom Toshmuratovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hisobiy avtomobillarning o‘lchamlarini hisobga olgan holda shahar avtomobil` yo‘llarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yo‘l transport hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning statistik tahlili natijasida respublikada aholi zichligining va avtomobillashtirish darajasini yo‘llarda halok bo‘lganlar soniga ta’siri regression modeli asosida aniqlangan;
O‘zbekistonda yo‘l transport hodisalarini prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun tizimli dinamik usulini qullash orqali model ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini baholashda tizimli dinamik usulining tadbiqi orqali yo‘l harakati xavfsizligi nazariyasi uchun an’anaviy qo‘llanilgan turli modellashtirish paradigmalarini taqqoslash mezonlari bo‘yicha asoslangan;
harakat xavfsizligi nazariyalari guruhlarining yangi xronologik ketma-ketligi trend modeli asosida ishlab chiqilgan;
xavfsiz tizim konsepsiyasini respublikada qo‘llash zarurati an’anaviy xavfsizlik paradigmasiga taqqoslanib asoslangan;
avtomobil yo‘llaridagi transport oqimi harakat xavfsizligi va qulayligiga ta’sir qiluvchi hisobiy avtomobil o‘lchamlarining geometrik parametrlari simulyasion modellashtirish orqali aniqlangan;
hisobiy avtomobil uchun to‘xtab turish joylarining planirovkasini loyihalash qonuniyatlari simulyasion modellashtirish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shahar avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Hisobiy avtomobillar va avto turargohlarning o‘lchamlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi yo‘l tashkilotlari amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 21 fevraldagi №2/338-435-son ma’lumotnomasi). Natijada parkovka hududidan foydalanish ko‘rsatkichi 14 % ga oshgan.
Yo‘l harakatini tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar Rossiyaning SIMETRA (Transproject+) kompaniyasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 21 fevraldagi №2/338-435-son ma’lumotnomasi). Natijada belgilangan xududning transport oqimi tezligi 4,68 km/s ga oshgan.
Tadqiqotning nazariy materiali Jizzax politexnika institutining 5A310609-Intellektual transport tizimlari mutahassisligi uchun transport oqimini modellashtirish va simulyasiya fani o‘quv jarayoniga kiritildi. Shuningdek, dissertatsiyaning nazariy va amaliy materiallari QS World University Rankings 2021 bo‘yicha TOP-1000 talikdan joy olgan Wiskonsin universiteti-Milwaukee, AQSh (The University of Wisconsin-Milwaukee) universitetining CIV-ENG590/ 590G(001) Urban Transportation Planning (Shaharlarning transportini rejalashtirish) magistrlar tayyorlash dasturiga kiritilgan. Natijada talabalarning fanni o‘zlashtirish darajasi 13 % ga oshgan.