Kabulova Lola Baltamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Termik qayta ishlangan Karmana tuffitlari asosida yuqori mustahkam portlandsement D20, tez qotuvchan va sul`fat suvlariga chidamli pussolan sementlarning tarkiblari va texnologiyasi», 02.00.15–Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T232.
Ilmiy rahbar: Atakuziev Temurjon Azim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Raximboy Atajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: termik ishlov berilgan tuffit qo‘shilgan D20-qo‘shimchali va sul`fatbardosh pussolan portlandsementlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
600°Sda kuydirilgan tuffitlar qattiqlikka erishayotgan sement toshining struktura hosil qilishiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
portlandsement qotishining ilk muddatlarida C3A·6H2O hosil bo‘lishiga yordam beruvchi, metakaolinit va qotishning oxirgi muddatlarida quyi asosli kal`siy gidrosilikatlari hisobiga zich va mustahkam struktura hosil qilib, kal`siy va magniy karbonatlarini saqlab qolgan tuffitlar qo‘shimcha miqdorda Ca(OH)2 ajralishi bilan portlandsement gidratatsiyasiga qo‘shimcha quyi asosli gidrosilikatlar hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan;
600°Sda kuydirilgan tuffitdan tashkil topgan, 20-30% gidravlik qo‘shimchalarga ega bo‘lgan tuffit tarkibli sementlar va sement qorishmalar yuqori mustahkam korroziyabardoshligi isbotlangan;
tuffitlarga termik ishlov berish va ular asosida qo‘shimchali va pussolan portlandsementlar tarkibi va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Termik aktivlashtirilgan tuffitlarni qo‘llash bilan qo‘shiluvchi va sul`fatbardosh pussolan portlandsementlar olish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
termik aktivlashtirilgan tuffitlarni qo‘llash qo‘shiluvchi va pussolan portlandsementlar tarkibi va ishlab chiqarish texnologik sharti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Tsh 64-22007528-01:2017). Natijada mahalliy xomashyolar asosida klinker miqdorini kamaytirish imkonini bergan;
termik aktivlashtirilgan tuffitlarni qo‘llash qo‘shiluvchi va pussolan portlandsementlar tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi «Karakalpak sement» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («Karakalpak sement» MChJning 2017 yil 21 avgustagi 158-son ma’lumotnomasi). Natijada korroziyabardosh pussolan sement olish imkonini bergan;
yaratilgan qo‘shimchali va pussolan portlandsementlar asosida beton mahsulotlarini olish tarkibi va texnologiyasi «Evrobeton» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («Evrobeton» MChJning 2017 yil 17 fevraldagi 49-son ma’lumotnomasi). Natijada tajovuzkor muhitga chidamli beton mahsulotlarini olish imkonini bergan;
tuffitlarni termomexanik ishlov berish va ular asosida qo‘shiluvchi va pussolan portlandsementlar olish texnologiyasi «O‘zqurilish materiallari» AJga qarashli korxonalarda ishlab chiqarish joriy qilingan («O‘zqurilish materiallari» AJning 2017 yil 27 oktyabrdagi TM-01/03-4178-son ma’lumotnomasi). Natijada qurilish materiallari sifatini 15% oshirish va qiymatini 22% orzonlashtirish imkonini bergan.