Orazbaeva Rayxan Izmuratovna
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aralash tolali iplardan kiyimbop to‘qimalarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T158
Ilmiy rahbar: Kadirova Dilfuza Neymatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna texnika fanlari doktori, professor; Valiev G‘ulom Nabidjanovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: berilgan xususiyatli kostyumbop to‘qimalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tandasi jun va poliester, arqog‘i jun va bambuk tolali iplardan olingan yangi kostyumbop to‘qimaning tuzilish omillari va ularning fizik-mexanik xususiyatlarini inobatga olgan holda xom ashyoning tolaviy tarkib nisbati ishlab chiqilgan;
tanda va arqoq bo‘yicha rapportlari, o‘tish sonlari doimiy bo‘lgan bosh o‘rilishli yangi kostyumbop to‘qimalar ishlab chiqilgan va berilgan havo o‘tqazuvchanligini inobatga olgan holda o‘rilish parametrlari asoslangan;
kostyumbop to‘qima assortimentini kengaytirish uchun to‘rtburchak tuzilishli yuza zichligi, to‘ldirish va bog‘lanish omillari bo‘yicha yangi to‘qima olish usuli ishlab chiqilgan;
tajriba natijalarini qayta ishlash asosida to‘quv dastgoxida berilgan havo o‘tkazuvchanligi, gigienik va iste’mol xususiyatlarini yaxshilash maqsadida yangi kostyumbop to‘qima va ishlab chiqarish texnologik omillarining muqobil qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Berilgan havo o‘tkazuvchanlik ko‘rsatgichi bo‘yicha kostyumbop to‘qimalarni loyihalash, ularni to‘quvchilik jarayonida ishlab chiqarish texnologik omillari muqobillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi aralash tolali kostyumbop to‘qima ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (№ IAP 06636, 2021y) olingan. Natijada kostyumbop to‘qimalarining tuzilishi parametrlarini aniqlash, berilgan havo o‘tkazuvchanlikka ega yangi kostyumbop to‘qimasi loyihalash imkoniyati yaratilgan;
yangi kostyumbop to‘qimasining fizik-mexanik, gigienik va iste’mol xususiyatlarini ta’minlaydigan ratsional parametrlar MChJ “UZWOOLENTEX” qo‘shma korxonasi va “Boston Mega Tekstil” ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 30 avgustdagi 03/25-2548-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kostyumbop to‘qimasining yangi assortimenti olish imkoniyati yaratilgan.