Karabekov Otabek Gulmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidromorf tuproqlarning gumusli holati, kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalari va unumdorligi (Toshkent va Mirzacho‘l vohalari misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/V127.
Ilmiy rahbar: Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent va Mirzacho‘l vohalarida tarqalgan gidromorf tuproqlarini genezisi, litologiyasi - geomorfologiyasini tip, tipchalarini hisobga olib, ularning kimyoviy, fizik - kimyoviy xossalarini hamda organik moddasi tarkibi, gumusli holatini aniqlash orqali unumdorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent va Mirzacho‘l vohalari har xil gidrotermik rejimda shakllangan gidromorf tuproqlarni gumus miqdori, gumus tarkibiga doir keng qamrovli ma’lumotlarni umumlashtirish hamda tuproq unumdorligi darajasini tasniflash imkoniyatini beradigan gumus zaxirasi xaritasi va gumus tipi kartogrammasini tuzish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslangan;.
vohalarni turli geomorfologik rayonlarida tarqalgan sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarning gumusli holati, gumus zaxirasi, gumusning tarkibi unumdorligiga bog‘liqligi aniqlangan va bunda gumusli holati ko‘rsatkichlari yuqori (Sum zaxirasi 60-80 t/ga, 80-120 t/ga; Sgk:Sfk 1,0-1,5) bo‘lgan tuproqlar alohida guruhlarga ajratilgan;
sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarning singdirish sig‘imi bilan mexanik tarkibidagi il va fizik loy fraksiyalarini gumus miqdoriga korrelyasion bog‘liqligi (r=0,520-0,972 va r=0,676-0,826) aniqlangan.
gidromorf rejimidagi har bir tuproq tipi, tipchalarida gumusning guruhiy va fraksiyaviy tarkibi bo‘yicha farqlanishlar (botqoq–o‘tloqi va o‘tloqi allyuvial tuproqlarda mos ravishda Sgk miqdori 19,3-37,0% va 18,5-30,0% hamda Sgk:Sfk miqdori 0,7-1,2 va 0,6-1,1) aniqlangan;
olingan ma’lumotlar avvalgi ishlar bilan taqqoslaganda sug‘oriladigan gidromorf tuproqlardagi organik moddalar miqdori o‘zgarganligi (40 yilda va 1 yilda o‘tloqi allyuvial tuproqlarda 0-30 sm 23,49 va 0,587 t/ga; 0-100 sm 28,41 va 0,710 t/ga hamda botqoq–o‘tloqi tuproqlarda 44,74 va 1,119 t/ga; 14,57 va 0,364 t/ga kamaygan) aniqlangan va kelgusi uchun bashorat qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidromorf tuproqlarning gumusli holati, kimyoviy, fizik–kimyoviy xossalari va unumdorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bo‘ka tumani G‘.Azamatov nomli massivining 1849,1 gektar sug‘oriladigan erlarini 1:10000 masshtabli tuproq sifatini baholash xaritasi tuzilgan va massiv hududidagi fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 02/022-4441-son ma’lumotnomasi). Natijada, massivdagi tuproqlarning xossa–xususiyatlari va unumdorlik darajasiga qarab erlarni me’yoriy qiymatini hisoblash va yagona er solig‘ini belgilash, erlarni noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani «O‘zbekiston» massividagi «DAH Poly Tex» fermer xo‘jaligining 665,0 ga sug‘oriladigan erlarini 1:5000 masshtabli tuproq xaritasi tuzilgan va fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 02/022-4441-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning meliorativ holati yaxshilangan, tuproq unumdorligini qayta tiklash va saqlash hamda er resurslarini boshqarish bo‘yicha agrotadbirlarni belgilash imkonini bergan;
«DAH Poly Tex» fermer xo‘jaligi erlarining 1:5000 masshtabli gumus, harakatchan fosfor va kaliy elementlari bilan ta’minlanganlik kartogrammalari tuzilgan va hududning 665,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 02/022-4441-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartogramma ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish, agrotexnologik tadbirlarni ishlab chiqish, mineral va organik o‘g‘itlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish imkonini bergan.