Mirzahmedov Xurshid Abdirashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarning tolerantlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning sotsiologik tahlili», 22.00.02 - Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/S36.
Ilmiy rahbar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Matibaev Taspulat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutaevna, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning sotsiologik usul hamda vositalarini aniqlash orqali ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar axloqidagi intolerantlik (xudbinlik, begonalashuv va jizzakilik)ni oldini olishda tolerantlik madaniyatining ma’naviy-axloqiy chegaralarini belgilashga doir g‘arbona huquqiy me’yor (loyallik va neytrallik) va sharqona axloqiy mezonlar (sabr-toqat, bag‘rikenglik, mo‘’tadillik) asoslantirilgan;
yoshlarda oilaviy tolerantlik madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy-tarixiy va madaniy omillarning (oila an`analari, nikoh odobi, emotsional barqarorlik, o‘zlikni anglash va dunyoqarashining kengayishi, shaxslararo munosabat) ahamiyati ochib berilgan; 
yoshlarning tolerantlik madaniyatini kitobxonlik, teatr san’ati va media vositalari orqali rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlarda ma’rifiy kanallar (audio teatr va milliy g‘oya fan kanali) faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid virtual tashkiliy-tarbiyaviy funksiyalar (elektron madaniyat va virtual xulq-atvor) ishlab chiqilgan;
 ijtimoiy-madaniy faoliyat orqali yoshlarning hamjihatlikka asoslangan ijtimoiy-demografik hamda gender tolerantlik madaniyatining shaxs ijtimoiy sifati (vazminlik, xayrixohlilik, murosa) va xususiyatlari (etuklik, faollik, barkamollik, hamdardlik) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlarning tolerantlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning sotsiologik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlar axloqidagi intolerantlik (xudbinlik, begonalashuv va jizzakilik)ni oldini olishda tolerantlik madaniyatining ma’naviy-axloqiy chegaralarini belgilashga doir g‘arbona huquqiy me’yor (loyallik va neytrallik) va sharqona axloqiy mezonlar (sabr-toqat, bag‘rikenglik, mo‘’tadillik) asoslantirilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2021 yil fevral’ va mart oylaridagi «O‘zbekiston yoshlari», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» ko‘rsatuvlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2021 yil 10 sentyabrdagi 04-36-359-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatimiz yoshlari ahloqida tolerantlik madaniyatini shakllanishiga imkon bergan; 
yoshlarda oilaviy tolerantlik madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy-tarixiy va madaniy omillarning (oila an`analari, nikoh odobi, emotsional barqarorlik, o‘zlikni anglash va dunyoqarashining kengayishi, shaxslararo munosabat) ahamiyati ochib berilganligiga oid dissertatsiya ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oila institutini qo‘llab-quvatlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-92-sonli Qaror loyihasining 2-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oila  institutini qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 6 noyabrdagi 02-02/2602-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda oilaviy tolerantlik madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy-madaniy omillarni mustahkamlash imkoniyatini bergan;
yoshlarning tolerantlik madaniyatini kitobxonlik, teatr san’ati va media vositalari orqali shakllantirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ma’rifiy kanallar (audio teatr va milliy g‘oya fan kanali) faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid virtual tashkiliy-tarbiyaviy funksiyalar ishlab chiqilganligiga oid dissertatsiya ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-5040-sonli Qaror loyihasining 1-bandini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat markazi»ning 2021 yil 4 avgustdagi 02/08-890-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda mutolaa va kitobxonlik, teatr san’ati orqali millatlararo totuvlik va milliy-diniy tolerantlikni shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan; 
ijtimoiy-madaniy faoliyat orqali yoshlarning hamjihatlikka asoslangan ijtimoiy-demografik hamda gender tolerantlik madaniyatining shaxs ijtimoiy sifati (vazminlik, xayrixohlilik, murosa) va xususiyatlari (etuklik, faollik, barkamollik, hamdardlik) ochib berilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi va partiyaning 2020 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejasida keng foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi, 2021 yil 31 maydagi 02/02-228-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan asosiy tushunchalar bilan boyitish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish