Qayimov Fazliddin Samievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta chigiti kunjarasini ekstraksiyalashni elektrofizikaviy ta’sir usullarida takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T658.
Ilmiy rahbar: Majidov Kaxramon Xalimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Artiqov Askar Artiqovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrofizikaviy ta’sir ysyllari yordamida paxta chigiti kynjarasini ekstraksiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chigiti kunjarasini 2-6·102 chastotali impul`cli elektr toki ta’sirida ishlov berish natijasida sferasomalardan oqib chiquvchi erkin moy hujayralari g‘ovaklari o‘lchami 1000-35000 Å intervalida kengayishi ilmiy asoslangan;
paxta chigiti kunjaralarining elektr o‘tkazuvchanlik konsentratsiyasini (0,3-10,4 %) 2-6·10x chastotali impul`cli elektr tokiga kinetik bog‘liqlik qonuniyati aniqlangan;
kunjaraga impul`sli elektr toki ta’sirida ishlov berishda qattiq jism-suyuqlik tizimida ekstratsiyalashning kinetik tenglamasi ishlab chiqilgan;
paxta chigiti kunjarasini geksan yordamida 7500-15000 sekund davomida ekstraksiyalash natijasida ekstraktiv moddalarning chiqimi 0,29-0,94 % gacha oshirish mumkinligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta chigiti kynjarasini ekstraksiyalashni elektrofizikaviy ta’sir ysyllarida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta chigiti kynjarasini impyl`sli elektr maydoni ta’sirida ekstraksiyalash usuli “Vang‘ozi Agro-Eksport” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respyblikasi “Yog‘-moy sanoati korxonalari” yyushmasining 2020 yil 16 dekabrdagi KS/3-1428-son ma’lymotnomasi). Natijada, yangicha texnologik ishlanmada paxta chigiti kynjarasidan moy ajratib olishda impyl`sli elektr maydonidan foydalanib, jarayonini 5–7 % ga jadallashtirish, moy ajratib olish hajmi 1,0-2,5 % ga oshirilib, davomiylikni 2–5 minytga kamaytirish imkonini bergan;
impyl`sli elektr maydonidan foydalanib kunjarani ekstraksiyalashning takomillashtirilgan texnologiyasi “Vang‘ozi Agro-Eksport” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respyblikasi “Yog‘-moy sanoati korxonalari” yyushmasining 2020 yil 16 dekabrdagi KS/3-1428-son ma’lymotnomasi). Natijada, impyl`sli elektr maydonidan foydalanib ajratib olingan paxta moyining sifatini oshirish va rangdorligi 2–3 birlikda yuksaltirish imkonini bergan.