Panoev Erali Rajabboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gazlarni aminli tozalashda desorber qurilmasining korrozion emirilishiga qarshi ingibitor olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T1511.
Ilmiy rahbar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Bekzod Baxtiyorovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gazlarni nordon birikmalardan absorbsion tozalash jarayonida sodir bo‘ladigan korroziyaga qarshi yangi navli ingibitor olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida oltingugurt, azot va fosfor tutgan ingibitorlar  ortofosfat kislotasi asosida sintez qilish usuli ishlab chiqilgan;
reaksiya davomiyligi 7-10 minut, harorat 20-30oS bo‘lganda 3:1 mol` nisbatda formalin va tiosemikarbazidning o‘zaro bosqichli birikish natijasida tiosemokarbazid smolasi sintez qilingan;
tiosemokarbazid smolasi 60-65oS harorat, 30 minut davomida, 1:1 mol` nisbatda ortofasfat kislota bilan modifikatsiyalab korroziya ingibitori olingan; 
120oS haroratda 09G2S markali po‘latda korroziya tezligini kamaytirish uchun 0,1 % ingibitor qo‘shilganda uning himoyalash samaradorligi 94,7 % ni tashkil etishi gravimetrik va qutblanish qarshiligi usulida isbotlangan;
09G2S markali po‘latdan tayyorlangan desorber qurilmasining korrozion emirilishga qarshi tarkibida oltingugurt, azot va fosfor tutgan modifikatsiyalangan ingibitor olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Gazlarni aminli tozalashda desorber qurilmasining korrozion emirilishiga qarshi ingibitor samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sintez qilingan yangi ingibitor Gazli neft va gaz kazib chikarish boshkarmasining “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2022 yil 7 iyundagi 03-17-5/50-son, Gazli neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2022 yil 7 noyabrdagi 01/2-2063-son ma’lumotnomalari). Natijada, 120oS haroratda 0,1% konsentratsiyali korroziya ingibitorni metildietanolaminning 35-40 % suvli eritmasiga qo‘shilganda tormozlanish koeffisenti 19,13 ni, himoyalash darajasi 94,7 % samaradorlikka erishish imkonini bergan;
tiosemikarbazid, formalin va ortofosfat kislota birikmalari asosida korroziya ingibitorini sintez qilish usuli Gazli neft va gaz kazib chikarish boshkarmasining “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2022 yil 7 iyundagi 03-17-5/50-son, Gazli neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2022 yil 7 noyabrdagi 01/2-2063-son ma’lumotnomalari). Natijada, amalda gazlarni nordon komponentlardan tozalashda yuzaga kelayotgan korrozion emirilishiga qarshi yangi navli ingibitor olish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish