Boboev Xamza Xamidulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir asosidagi qotishmalarning o‘ta yuqoriplastiklik effektini amaliy qo‘llanilishi », 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2851.
Ilmiy rahbar: Nugmanov Ikrom Nugmanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Atajanov Gapur Latibovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir asosidagi qotishmalarni o‘ta yuqoriplastiklik holatida ularning ekspluatatsion va shtamplanish texnologik xususiyatlarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
→γ faza o‘zgarishi haroratlarida deformatsiyalangan po‘latning o‘ta yuqoriplastiklik holatini past darajada sabablari hamda 680 – 710 °S harorat oralig‘ida deformatsiyalangan po‘latning o‘ta yuqoriplastiklik holati yuqori darajada bo‘lishi aniqlangan;
→γ faza o‘zgarishi haroratiga yaqinlashgan sari nisbiy cho‘ziluvchanlik 170 % ga ortib, o‘ta yuqoriplastiklik holatining eng yuqori darajada bo‘lishi aniqlangan;
po‘latning uglerod miqdori ortishi bilan ultra mayda donali strukturaning shakllanishi natijasida o‘ta yuqoriplastiklik holati ta’sirini tizimli usullari ishlab chiqilgan;
po‘lat qotishmalarining o‘ta yuqoriplastiklik holatiga ega bo‘lgan ultra mayda donali strukturasini hosil qilishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir asosidagi qotishmalarning o‘ta yuqoriplastiklik effektini amaliy qo‘llanilishi uchun olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘ishtlar futerovkasini shtamplashda pressformalarning ichki devorlari uchun ultra mayda donali po‘lat listlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish» bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida joriy etilgan («OKMK» AJning 2022 yil 18-yanvardagi AA-000472-son ma’lumotnomasi). Natijada, pressformalarning xizmat muddatini 1,5-2,0 martaga oshirish imkonini bergan.
evtektoidli po‘latlarda ultra mayda donali mikrostrukturalarni olish yuqori haroratli qizdirish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish» bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida joriy etilgan («OKMK» AJning 2022 yil 18-yanvardagi AA-000472-son ma’lumotnomasi). Natijada nisbiy cho‘ziluvchanlik va plastiklikni 1,3-1,5 martaga oshirish imkonini bergan.
U8A po‘latidan tayyorlangan pressformalarga o‘rnatilgan ichki devorida mayda donali struktura hosil qilish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish» bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida joriy etilgan («OKMK» AJning 2022 yil 18-yanvardagi AA-000472-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishqalanib ishlash davrida eyilishga bardoshlilikni 2-3 marta oshirish imkoniyati yaratilgan.