Xaydarova Shaxnoza Zokirjonovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za qator oralariga organomineral o‘g‘itlarni soladigan ish organini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/ T2412.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq jo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02.
Rasmiy opponentlar: Boyboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor, G‘aybullaev Burxonjon Shermatjonovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Namangan muxandislik texnologiyalari instituti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini g‘o‘za ildizlari rivojlanadigan zonaga soladigan ish organining konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash orqali o‘g‘itlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz tuproq-iqlim sharoiti uchun organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini g‘o‘za ildiz tizimi rivojlanadigan tuproq qatlamiga joylashtirish usuli ishlab chiqilgan;
organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini soladigan ish organining konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni ular g‘o‘za ildiz tizimi rivojlanadigan zonaga joylashtirilishini hisobga olingan holda ishlab chiqilgan;
organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini soladigan ish organining agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini uning parametrlari va ish rejimlariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari analitik va empirik bog‘lanishlar bilan asoslangan;
g‘o‘za qator oralariga organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini soladigan takomillashtirilgan ish organining maqbul parametrlari ularning ish organining agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘za qator oralariga organo-mineral o‘g‘itlarni soladigan ish organini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ishlab chiqilgan ish organlari bilan jihozlangan kultivator-oziqlantirgichga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini ishlab chiqishga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 26 martdagi 02/24-04/1547-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator oralariga organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini soladigan kultivator-oziqlantirgich yaratilgan; 
ishlab chiqilgan organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini soladigan ish organi bilan jihozlangan kultivator-oziqlantirgichning tajriba nusxasi Andijon viloyati Andijon va Qo‘rg‘ontepa tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 26 martdagi 02/24-04/1547-son ma’lumotnomasi). Natijada organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini g‘o‘za qator oralariga solishda mehnat sarfi 8,7 foizga va umumiy xarajatlar 5,1 foizga kamaygan; 
ishlab chiqilgan organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini soladigan ish organi bilan jihozlangan kultivator-oziqlantirgichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 26 martdagi 02/24-04/1547-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator oralariga organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasini soladigan ish organlari bilan jihozlangan kultivator-oziqlantirgichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish