Xamidov Nurmuxammad Muxtarovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Piyoz urug‘larini tasmali ko‘p qatorlab ekadigan seyalka pushtaolgichi-tekislagichining turi va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2413.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mayda urug‘li sabzavot ekinlari urug‘larini qatorlab ekadigan seyalka pushtaolgichi-tekislagichining turi va parametrlarini asoslash orqali pushtalarni talab darajasida shakllantirish va ekish xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir yo‘la pushta shakllantirib, mayda urug‘li sabzavot ekinlari urug‘larini qatorlab ekadigan seyalka pushtaolgichiga o‘rnatilgan tekislagich-lar va iskananing konstruksiyalari pushtalarni belgilangan talablar darajasida shakllantirilishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
pushtaolgichga o‘rnatilgan tekislagichning shakli ish jarayonini kam energiya sarflagan holda bajarilishi lozimligi shartidan aniqlangan;
tekislagich parametrlarining o‘zgarish chegaralari uning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
tekislagichning pushtaolgichga o‘rnatilish balandligi va burchaklari, pushtaolgichlar orasidagi bo‘ylama masofa, iskananing turi va agregat harakat tezligi ularning pushtaolgich-tekislagichning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Piyoz urug‘larini tasmali ko‘p qatorlab ekadigan seyalka pushtaolgichi-tekislagichining turi va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bir yo‘la sug‘orish egatlarini ochadigan va piyoz urug‘larini ko‘p qatorlab ekadigan seyalkaga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 avgustdagi № 07/24-04/5776-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan tekislagich va iskanalar o‘rnatilgan pushtaolgichlar bilan jihozlangan sabzavot ekinlari urug‘larini qatorlab ekadigan energiya-resurstejamkor seyalka konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan tekislagich va iskanalar o‘rnatilgan pushtaolgichlar bilan jihozlangan seyalka Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutlari-ning tajriba xo‘jaliklari hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 avgustdagi № 07/24-04/5776-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘lik sarfining sochib ekishga nisbatan 1,2-1,5 martaga, boshqa xarajatlarni 1,2-1,6 martaga kamayishi va ish unumining 1,3 martagacha oshishi ta’minlangan;
taklif etilgan seyalkaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriq) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 avgustdagi № 07/24-04/5776-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tekislagich va iskanalar o‘rnatilgan pushtaolgichlar bilan jihozlangan energiya-resurstejamkor seyalkaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.