Arabov Jamoliddin Sadriddinovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yigirishda sintetik tolalarni emul`siyalash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/2399
Ilmiy rahbar: G‘ofurov Qobul G‘ofurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yigirishda sintetik tolalarni emul`siyalashni takomillashtirish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sintetik tolalarni emul`siyalashda qutblangan maydondan foydalanib, statik zaryadlanishning oldini olishi isbotlangan hamda emul`siyalash qurilmasida  qutblangan maydon va quritish jarayonini hosil qilgan  holda yangi konstruksiyasi yaratilgan;
qutblangan maydonda tola silindrik jism deb qaralib, emul`siya zarrachasining tola sirtiga etib kelguncha ta’sir  etuvchi omillar -emul`siya zarrachaning massasi, zaryadlarning elektrostatik ta’sir kuchi, zarrachaning harakat tezligi va og‘irlik kuchi hisobga olinib, zarrachaning fazodagi harakati tenglamalari ishlab chiqilgan;
 qutblangan maydonda zaryadlangan zarrachaga ta’sir qiluvchi ponderomotor kuch, sintetik tola hajmi, uning diametri, maydon kuchlanganligi tajribaviy usulda aniqlangan hamda ularni  bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;  
sintetik tolani qutblangan maydonda zaryadlab emul`siyalash natijasida olinadigan aralash ip xossa ko‘rsatkichlarini qutblangan maydon kuchlanishi, maydon elektrodlari orasidagi masofa hamda emul`siya konsentratiga bog‘liqligi aniqlangan va qurilma ishini muqobillashtirish asosida aralash ipning eng  yaxshi fizik-mexanik xossalarini ta’minlovchi qiymatlar maydon kuchlanishi 100v, elektrodlar orasidagi masofa 100mm va emul`siya konsentrati 10 % ligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qutblangan maydonda zaryadlanib emul`siyalangan mahalliy sintetik tolasidan aralash ip olish bo‘yicha o‘tkazilgan izlanishlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sintetik tolalarni emul`siyalash kurilmasining yangi konstruksiyasiga O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti (FAP 01795, «Sintetik tolalarni emul`siyalash kurilmas» 2022 y ) olingan. Natijada sintetik tolalarni yangi usulda emul`siyalashga imkoniyat yaratilgan; 
sintetik tolalarni emul`siyalash usuli “ADM TEKSTILE” XK va MChJ “OSBORN TEXTILE” XK sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 12 sentyabr`  
03/25-2645- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aralash ipning solishtirma uzish kuchi yuqori bulishiga, uning uzish kuchi bo‘yicha notekisligi pasayishiga, tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlari kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish