Raximov Temurbek Omonboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomatik boshqarish tizimlari uchun chiziqli ijro elementlari asosidagi mexatron modullar», 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1569
Ilmiy rahbar: Nazarov Xayriddin Nuritdinovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Uljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor; Abdukayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fazo koordinatalari bo‘yicha avtonom chiziqli va aylanma reversiv qadamli harakatlarni amalga oshiruvchi ijro elementi asosidagi mexatron modul konstruksiyasini yaratish va uning strukturaviy-rejimli modeli hamda dasturiy boshqarish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p yuritmali ijro mexanizmlar elementlarining texnik tavsiflarini sinflashtirish asosida mexatron modullarni qurish tamoyillari ishlab chiqilgan;
fazoda har xil koordinata o‘qlari bo‘yicha bir nechta avtonom chiziqli va burchakli reversiv qadamli harakatlarni amalga oshiruvchi ko‘p chiqishli elektromagnit chiziqli dvigatel` asosida mexatron modulning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
elektr, magnit va mexanik qismlarni yagona sxemada birlashtirish asosida matematik hisoblashlarni amalga oshirish imkonini beruvchi chiziqli ijro elementli mexatron modulning strukturaviy-rejimli sxemasi ishlab chiqilgan;
elektromagnitli ko‘p pozisiyali mexatron modulning chiziqli va burchakli reversiv qadamli harakatlarini yuqori aniqlikda va tezkorlikda bajarish imkonini beruvchi dasturiy boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chiziqli ijro elementi asosidagi mexatron modulning konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan chiziqli ijro elementlari asosidagi mexatron modul horijiy investor ishtirokidagi “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJda joriy qilingan (“Yog‘-moy sanoati korxonalari” uyushmasining 2022 yil 27 iyundagi KS/3-526-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiziqli ijro elementi asosidagi mexatron modul o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish jarayonining dastlabki paxta chigitlarini metall aralashmalaridan tozalovchi forpresslash sexiga o‘rnatilgan va uning og‘irlik-gabarit ko‘rsatkichlari jihatdan ixchamligi kam energiya talab etishi natijasida 16.7 % energiya tejamkorlikga erishilgan;
chiziqli ijro elementlari asosidagi mexatron modul “Textile Finance Khorezm” MChJ korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 23 iyundagi №03/22-1976-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiziqli ijro elementi asosidagi mexatron modul to‘qimachilik xom-ashyosi mahsulotlarini tozalash va ishlab chiqarish jarayonining qadoqlash sexiga o‘rnatilgan, mexatron modulning og‘irlik-gabarit ko‘rsatkichlari jihatdan ixchamligi, ishlash aniqligi yuqoriligi va kam energiya talab etishi natijasida 10 % energiya tejamkorlikga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish