Kuluev Ruslan Raisovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sochiluvchan materiallar namligini uzluksiz nazorat qilish qurilmasini ishlab chiqish va tadqiq qilish», 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T600
Ilmiy rahbar: Matyakubova Paraxat Maylievna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Muxamedxanov Ulugbek Turgudovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Barat Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: don va don mahsulotlari namligini nazorat qilishning sig‘imli usulini takomillashtirish va shu asosda don mahsulotlari namligini uzluksiz nazorat qiluvchi qurilmaning tuzilmasini hamda mikroprotsessorli o‘lchash sxemasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz texnologik oqimda sochiluvchan materialning namligini nazorat qilish uchun kengaytirilgan funksional imkoniyatlari bilan ma’lumlaridan farqlanuvchi koaksial sezgir elementli, sig‘imli sochiluvchan material namlik o‘lchagichining tubdan yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
don mahsulotlarining namligini uzluksiz ravishda avtomatik nazorat qilish uchun kerakli ishonchlilik va o‘lchash anikligini ta’minlovchi don va don mahsulotlarining namligini o‘lchash uchun sig‘imli usul asosida mikroprotsessor o‘lchash sxemasi ishlab chiqilgan;
don va don mahsulotlari namligini o‘lchovchi sig‘imli o‘zgartkichlarning fizik va matematik modellari, uning statik va dinamik xarakteristikalari ishlab chiqilgan;
uzluksiz oqimda don va don mahsulotlari namligini nazorat qilish tizimlari uchun to‘g‘riburchakli plastinka ko‘rinishidagi birlamchi o‘zgartirgichlar asosida yuqori aniqlikga va sezgirlikga ega bo‘lgan yassiparallel sezgir elementli sig‘imli o‘zgartirgichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
don mahsulotlarining namligini uzluksiz ravishda avtomatik nazorat qilish uchun kerakli ishonchlilik va o‘lchash anikligini ta’minlovchi don va don mahsulotlarining namligini o‘lchash uchun sig‘imli usul asosida avtomatik mikroprotsessorli raqamli o‘lchash asbobi “GALLA-ALTEG” AJda joriy etildi (“UZDONMAHSULOT” aksionerlik kompaniyasining 2021 yil, 11 martdagi № 6-1-2/368-71- son ma’lumotnomasi). Natijada, ish hajmi va harajatlar kamayishiga olib keldi, jumladan, don namunalarini tahlil qilish uchun tayyorlash, quritiladigan pechlarda namunalarni quritish, namunalarni quritishdan oldin va keyin tarozida o‘lchash, bilvosita o‘lchash usullaridan va maxsus xonalardan foydalanish ehtiyojlarini yo‘qotish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan uzluksiz texnologik oqimda yangi konstruksiyasi, fizik model`, algoritm va sig‘imli don namligi o‘zgartgichi uchun dastur “GALLA-ALTEG” AJda joriy etildi (“UZDONMAHSULOT” aksionerlik kompaniyasining 2021 yil, 11 martdagi № 6-1-2/368-71- son ma’lumotnomasi), bu esa don namligi to‘g‘risida ma’lumotni tezda olish imkonini yaratilgan. Sinov davrida tavsiya etilgan namlik o‘lchagich o‘zining afzalliklarini ko‘rsatdi, xususan, xatolik ± (0,5 - 0,6) % chegaralirida aniqlandi. Yaratilgan qurilma tezkorligi bo‘yicha mavjud o‘lchash vositalaridan farq qiladi, shuningdek, 10 soniya ichida don namligi haqida ma’lumotni tezda olish imkonini bergan.