Ergashev Maxmudning 
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektrokontakt usulida tog‘-kon texnikasi detallarini kukunsimon kompozision materiallar  bilan qoplash texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2859
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; , Atajonov Gapur Latibovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti  “MISiS» ning  Olmaliq shaxridagi filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Elektrokontakt usulida olingan qoplamalarning sifatli bo‘lish qonuniyatlari va texnologik jarayonni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
detallarning yuzalariga kompozit kukunsimon materiallarni qoplashda texnologik rejimlarning ta’siri asosiy metall bilan koplama birikish mustaxkamligining  kattaligiga bogliklik darajasi asosida   ishlab chiqilgan;
qoplama bilan detalning birikish hududidagi haroratning qoplama sifatiga ta’sir etuvchi harorat oralig‘ini aniqlash uchun matematik model` ishlab chiqilgan;
elektrokontakt usulida detallarni tiklash va mustahkamlashda sifat ko‘rsatkichlarining (birikish mustahkamligi, qattiqlik, qoldiq kuchlanishlar, toliqishga qarshiligi) qoplama qoplash rejimlariga bog‘liqligi aniqlangan;
elektrokontakt usulida qoplash vaqtida sovituvchi suyuqlikni qo‘llash birikish xududida po‘latning mustahkamligini 25% gacha, plastikligini 30% gacha oshishi va kristall donalarining maydalashishi aniqlangan;
qoplama qoplash jarayoni kinematikasining o‘zgartirilishi elektrod-rolikning eyilishini 40-50% ga kamaytirish va detalni deformatsiyalamasdan tiklash texnologiyasi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektrokontakt usulida tog‘-kon texnikasi detallarini kukunsimon kompozision materiallar bilan qoplash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:  
elektrokontakt usulida kukunsimon kompozision materiallar bilan koplash texnologiyasi  “YaNGI ANGREN IES” AJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan. (“ YaNGI-ANGREN IES” AJ ning 2021 yil 19 maydagi № 21/219-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’mirlashlararo davr 1,5-2 barobarga uzayishiga, ta’mirlash vaktining 10-15% ga qisqarishiga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish