Xusanova Nigina Abduxamidovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta tolasini namlashning tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish» 05.06.02 – «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/1183
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanqulov Alisher Qodirqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasini samarali, tejamkor namlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani namlab, quritish barabanida aralashtirish asosida paxta tolasini resurstejamkor, bir tekis namlash texnologiyasi xamda uni amalga oshirish uskunasini ishlash rejimi ishlab chiqilgan;
tolani pnevmatik uzatishda uni yuzasiga kondensatsiya bo‘lgan suv tomchilarini aerodinamik kuch ta’sirida harakat qonuniyatlari, ularni ko‘chishi yoki sirt yuzasida harakatlanish shartlari hamda havo tezligi, tomchi diametri, massasi bilan tomchini sirtdan ajralish vaqti o‘rtasidagi bog‘lanishlari to‘la faktorli eksperiment usuli yordamida olingan;
tolani suv bug‘i bilan namlash jarayonida namlikni tola yuzasida tomchi holatida kondensatsiya bo‘lishi va ochiq havo bilan kontaktda bo‘lgan holatda va pnevmatik uzatishda qisqa muddatda bug‘lanib ketishi o‘tkazilgan tajribalar asosida aniqlangan;
paxtani quritish barabanida namlanish foizi, tolani namlashdan keyin va jin tarnovidagi namligi hamda ishlab chiqarilgan toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdorini aniqlab beruvchi regressiya tenglamalari kichik kvadratlar usuli yordamida olingan hamda paxtani namlashni ratsional rejimlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar asosida:
Paxtani namlashni yangi ishlab chiqilgan texnologiyasi va barabanli paxta namlagich «Marhamat-Tekstil» MChJ shaklidagi O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasida tadbiq etilgan. (Paxta to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2022 yil 6 sentyabrdagi № 02/22-544 – son ma’lumotnomasi). Natijada tola namligi texnologik me’yor talabida bo‘lgan, sifati yaxshilangan va tolani 5,8% dan 7,8% ga namligi oshishiga, jin tarnovidagi paxta iflosligini 0,92% dan 0,8 % ga pasaytirilishiga erishishga imkoniyat yaratilgan.