Mo‘minov Sanjarjon Xaydaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hiqildoq yallig‘lanishi, o‘smasimon kasalliklar, klinik-morfologik paralleli va diagnostikasini optimallashtirish», 14.00.04–Otorinlaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib.1642.
Ilmiy rahbar: Palvanov Bozor Buzrukxodjaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Jaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxitdinov Ulug‘bek Bashrullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ostona tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi morfotuzilishli xususiyatlar, immunologik o‘zgarishlar, shuningdek EB va IP viruslarining ta’sirini o‘rganish yo‘li bilan  hiqildoq yallig‘lanishi va o‘smasimon kasalliklar rivojlanish omillarini diagnostik bosqichda klinik-morfologik parallelligini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hiqildoq yallig‘lanishi va o‘smasimon kasalliklarida klinik tavsif va diagnostik xususiyatni baholash asosida  hiqildoq to‘qimalarining kelib chiquvchi transformatsiya belgilari prediktorlari (giperplaziya, diffuz limfoid infiltratsiya, virusli shikastlanish, yadro giperxromazeyasi) hisoblanmish morfologik o‘zgarishlarni aniqlovchi ahamiyatli mexanizmlari aniqlangan; 
hiqildoq shilliq qavatini klinik-morfologik, immunologik  va molekulyar-biologik tekshirish asosida ularning  differensial diagnostikasini olib borish imkoni bilan  hiqildoq yallig‘lanishi va o‘smasimon kasalliklarining kelib chiqish xavf omillari aniqlangan;
hiqildoq  yallig‘lanishi va o‘smasimon kasalliklari kuzatilgan bemorlarda diagnostika bosqichida yuzaga keluvchi klinik-morfologik o‘zgarishlarni qiyosiy baholash hamda uning samaradorligi aniqlangan;
hiqildoq yallig‘lanishi va o‘smasimon kasalliklarini o‘z vaqtida tashxislash uchun hiqildoq kasalligiga shubha qilingan bemorlarda sitologik tekshiruv, EB va IP viruslarining mavjudligi, immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha monitoring o‘tkazish zarurligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hiqildoq yallig‘lanishi, o‘smasimon kasalliklari klinik-morfologiyasi va diagnostikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hiqildoqni yallig‘lanish, o‘smasimon va o‘sma kasalliklarini tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Hiqildoqni yallig‘lanish, o‘smasimon va o‘sma kasalliklarini tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyundagi 8n-p/362-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma hiqildoq yallig‘lanishi, o‘smasimon va o‘sma kasalliklarini morfostrukturali xususiyatlar, immunologik o‘zgarishlar natijasida tashxislash algoritmi ishlab chiqishga imkon bergan; 
hiqildoqning yallig‘lanish, o‘smasimon va o‘sma kasalliklarini xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Hiqildoqning yallig‘lanish, o‘smasimon va o‘sma kasalliklarini klinik-morfologik xususiyatlari” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 7 iyundagi 8n-p/362-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma hiqildoqning yallig‘lanish, o‘smasimon va o‘sma kasalliklarini bevosita rivojlanish omillarini klinik-morfologik xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bergan;
hiqildoq yallig‘lanishi, o‘smasimon kasalliklar, klinik-morfologik paralleli va diagnostikasini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tekshirish markazi Andijon viloyati filialiga, Farg‘ona viloyati 2-sonli shahar shifoxonasiga va Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 7 iyundagi 8n-p/362-son ma’lumotnomasi). O‘smasimon kasalliklarni quyidagi: anamnez yig‘ish, xavf omilini aniqlash, patologik jarayon joylashish topografiyasini aniqlovchi to‘qimalarning morfologik substratini o‘rganish, immun tizim parametrlari o‘zgarishi, immun tizimning hujayraviy va gumoral zvenolari transformatsiyasi va buzilishiga sabab bo‘luvchi EB va IP virusi persistensiyasini aniqlash kabi tadbirlar majmuasi bilan yomon sifatli jarayonga o‘tish bosqichida tashxislash algoritmini  ishlab chiqishga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish