Islamova Malika Sanjarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek populyasiyasiga mansub shaxslarda semizlikni surunkali buyrak kasalligi avj olishidagi prognostik ahamiyati », 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1877.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston aholisida surunkali buyrak kasalligining rivojlanishida semizlikni bashoratli ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak shikastlanishida antropometrik o‘lchovlar ko‘rsatkichlari – tana vazni indeksi, bel, son aylanasi, yog‘ to‘qimasining foizi, visseral semizlik indeksi, mikroalbuminuriya va zardobdagi leptin darajasi kabi markerlarning xususiyatlari hamda ularning semirishdagi prognostik ahamiyati isbotlangan;
leptin va insulin gormonlari faolligining buyrak disfunksiyasi markerlari - kreatinin, mochevina va koptokcha fil`tratsiya tezligi darajasi bilan bog‘liqligi asoslangan.
surunkali buyrak kasallikni bashorat qilish uchun xavf guruhini aniqlash maqsadida semizlik va buyrak patologiyasi bilan kasallanishning genealogik tahlil usulini qo‘llash mumkinligi asoslangan;
leptin va visseral semizlik ko‘rsatkichlari ortishi bilan surunkali buyrak kasalligi og‘irlik darajisini belgilovchi koptokchalar fil`tratsiya tezligi mikdori pasayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
semizlik mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasallikning tashxisi va prognozini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishida olingan natijalar asosida:
semizlikda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining prognostik belgisini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalarni asosida ishlab chiqilgan “Semizlik surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining prognostik belgisi sifatida” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 8n-r/1333-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Ushbu uslubiy tavsiyanoma sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlari darajasida semiz mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasallikni rivojlanishi va avj olishining xavf omillarini aniqlash imkonini bergan;
O‘zbekiston aholisida surunkali buyrak kasallikni rivojlanishida semirishni tashxislash va prognostik ahamiyatini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent shahri 2-sonli Respublika klinik shifoxonasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot bosh boshqarmasi huzuridagi 1-sonli markaziy maslahat-diagnostika poliklinikasi amaliyotiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi 08-29100-son xulosasi) joriy etilgan.
Tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish semirib ketgan bemorlarda surunkali buyrak kasallikni o‘z vaqtida va erta tashxislash imkonini bergan.