Adilov Sherzod Farxadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kindik qonini klinik qo‘llanilishi samaradorligini kompleks baholash», 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1765.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klinik foydalanish uchun uzoq muddatli saqlashda bo‘lgan kindik qonining kriosaqlangan gemopoetik o‘zak hujayralari samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kindik qoni konsentratlarining hujayraviy tarkibi va kriosaqlashdan keyingi gemopoetik o‘zak hujayralarning xususiyatlarini baholash yadro saqlovchi hujayralarning umumiy soni, asosan, granulotsitlarning fraksiyasi hisobiga biroz kamayishi, kindik qoni gemopoetik o‘zak hujayralarining koloniya hosil qiluvchi faolligi yuqori darajada saqlanishi asoslangan;
kriosaqlash vaqtida ajratib olish usullari, leykokonsentratsiyadan keyingi gematokrit qiymati va kriosaqlashdan oldingi kindik qoni tarkibidagi CPDA gemokonservati miqdori kindik qoni gemopoetik o‘zak hujayralari sifatiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
kombinirlangan dimetilsul`foksid hamda reopoliglyukin krioprotektori kriosaqlash mobaynida kindik qoni gemopoetik o‘zak hujayralarining yuqori samaradorligini saqlab turishga imkon berishi va undan uzoq muddatli kriosaqlashda foydalanish mumkinligiga asoslangan;
kindik qoni gemopoetik o‘zak hujayralari jamoat registrida HLA-gaplotiplarining tarqalish tabiati, umumiy tarqalish tabiatiga butunlay mos kelishi tahlil qilinib, bemor va donor juftligi uchun mos kelish ehtimoli soni HLA tizimidagi 3 ta genda (A, V, DRB1 lokuslari) 1:218 ni tashkil qilinishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kindik qonini klinik qo‘llanilishi samaradorligini kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
klinikada kindik qonini qo‘llanilishi samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan “Klinikada kindik qonini qo‘llash samaradorligini majmuaviy baholash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yildagi 25 yanvardagi 8 n-z/26-son malumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma onkogematologiya bemorlarida differensial davolash usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
kindik qonini klinik qo‘llanilishi samaradorligini kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika qon quyish markazi va «Qon preparatlari» ilmiy ishlab chiqarish korxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 08-20547-son xulosasi). Olingan ilmiy natijalar morfofunksional o‘zgarishlarni tashhislashni tezlashtirish, O‘zbekistonda kindik qoni gemopoetik o‘zak hujayralarni konsentratini ishlab chiqish uchun kindik qonini qo‘llanish samaradorligini oshirish, hayot sifatini yaxshilash va vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘qotish, shuningdek shifoxonada yotish muddatlarini qisqarish imkonini bergan.