Egamova Malika Tursunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar miya falajligi reabilitatsiyasida mul`tidissiplinar yondashuvlar», 14.00.12– Tibbiy reabilitologiya, 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib911.
Ilmiy rahbarlar: Usmonxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxammedjanovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sobirova Guzal Naimovna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar bosh miya falajligi bo‘lgan bemorlar reabilitatsiyasida ko‘p tomonlama mul`tidissiplinar yo‘nalish ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar miya falaji tashxisi bo‘lgan bemorlar nozologik shakllari tadqiq etilib, integral va sifatli yondashuvdan foydalangan holda mutaxassislar guruhi o‘rtasida yagona reabilitatsion kompleks chora-tadbirlari asoslangan;
bemorlar ota-onasining anamnestik ma’lumotlari to‘liq o‘rganilib, onalarning homiladorlikkacha va homiladorlik vaqtidagi kasalliklari, ruhiy va jismoniy holatlari chuqur tahlil qilinishi natijasida ularda tibbiy-ijtimoiy, pedagogik va psixologik aspektlar yordamida yagona kompleks chora-tadbirlarni qo‘llash orqali, jismoniy faoliyati chegaralangan bolalalar hayot sifatining yaxshilanishi isbotlangan;
bemorlarni tashxislash mezonlariga katta motor funksiyalar - Gross Motor Function Classification System baholash tizimining kiritilishi ushbu klassifikatsiya orqali har bir bosqichda alohida kompleks yondashuv orqali reabilitatsion tadbir qo‘llanilishi harakat buzilishlarini erta aniqlash va reabilitatsion chora tadbirni samarali qo‘llash asoslangan;
bolalar miya falajligi bo‘lgan bemorlar onalarining uy sharoitida reabilitatsion kompleks chora-tadbirlarida ularning uzoq muddatli, davomiy, uzluksiz hamda muntazam malakali ishtirokini ta’minlash samarali natijalarga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar bosh miya falajligi reabilitatsiyasida mul`tidissiplinar yondoshuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalar bosh miya falajligi reabilitatsiyasining tashkiliy va tibbiy- biologik jihatlarini baholashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Maxsus muassasa va ambulator sharoitda bolalar miya falajida reabilitatsion tadbir xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/230-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar bosh miya falajligi reabilitatsiyasida muayyan darajada yaxshi natijalarga erishish imkonini bergan;
bolalar miya falajligini tashxislash mezonida katta motor funksiyalar Gross Motor Function Classification System baholash sistemasini qo‘llashdan olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bolalar miya falajligida kompleks davolash samaradorlinini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-r/649-son ma’lumotnomasi) Natijada maxsuslashtirilgan muassasalarda ambulator sharoitida bolalar miya falajining reabilitatsion choralarini ishlab chiqish va baholash imkonini bergan;
bolalar bosh miya falajligi reabilitatsiyasining tashkiliy va tibbiy- biologik jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati Urgut va Oqdaryo tumanlari tibbiyot birlashmalarining amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 maydagi 08–04/4803–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi bosh miya falaji bilan hastalangan bolalarni reabilitatsion xizmatlar hamda avvalgi olib borilgan tadqiqotlar qayta tahlil qilinib, eng optimal kompleks reabilitatsion tartibni ishlab chiqish, ota-onalarning muntazam ravishda, bosqichma-bosqich ishtirok etishi, bosh miya falaji mavjud bemorlarni uzoq muddatli reabilitatsiya qilishda yuqori samarali natijalarni va baholash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish