Dadabaeva Shirin Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilda qiyoslash munosabatini ifodalashning tizimli tadqiqi” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Fil2696.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona  davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
 Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Isaqov Zokirjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qiyoslash munosabatining turli sathlarda, asosan, sintaktik sathlarida ifodalovchi lisoniy vositalarni aniqlash va ularni turli tillar misolida ochib berishdan iborat.
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslash munosabatini shakllantiruvchi qiyos sub’ekti (qiyoslanuvchi), qiyos etaloni (qiyos standarti), qiyos asosi (qiyos parametri), qiyos standart belgisi va qiyos daraja belgisi kabi vositalardan iboratligi asoslangan;
qiyoslash munosabati affiks, leksik, morfologik, sintaktik va supersintaktik birliklar orqali ifodalangan verbalizatorlarni affiksokomparatema, leksokomparatema, sintaksokomparatema, tekstokomparatema singari turlari umumiy komparatema termini ostida nomlanishi isbotlangan;
qiyoslash munosabatini ifodalovchi  qo‘shma gap harakat-holat, belgi-xususiyatlarni o‘zaro qiyoslovchi sodda gaplardan iborat bo‘lib, undagi zidlik va nomuvofiqlik  mazmunining ifodalanishida ishtirok etuvchi zid ma’noli so‘zlar va ularning ritmik-melodik xususiyatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan;
qiyoslash mazmunidagi sintaktik birliklarning lisoniy-madaniy jihati turli maqol, ertak, topishmoq, atoqli yozuvchilarga tegishli iqtibos, badiiy asar kabi lingvokul`turemalar va takror, antiteza, ellipsis kabi stilistik vositalar  orqali namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda qiyoslash munosabatini ifodalovchi vositalarni tizimli tadqiq etish asosida:
qiyoslashning bilish jarayonidagi ahamiyati, tilni o‘rganishdagi o‘rni, ushbu munosabatni chuqurroq o‘rganishda faqat o‘zbek tilida emas, xorijiy tillarda ham o‘rganilishiga hamda qiyoslash mazmunidagi  sintaktik birliklarning lisoniy-madaniy jihati maqol, ertak, topishmoq, hikmatli so‘z, iqtibos, badiiy asar kabi lingvokul`turemalar orqali namoyon bo‘lishiga doir tahlil va xulosalardan 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi mukammal o‘rgatish, bilish jarayonini qiyoslash orqali takomillashtirish, yoshlardagi ijodiy g‘oyalar, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, lingvomadaniy dunyoqarashini takomillashtirish  chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlashda foydalanilgan (Yoshlar innovasiya markazining 2022 yil 30 iyundagi 017-son ma’lumotnomasi). Natijada chora-tadbirlar rejasi va targ‘ibot ma’ruzalari ilmiy asoslar va samarador tahliliy materiallar bilan boyitilgan;
qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gap harakat-holat, belgi-xususiyatlarni o‘zaro qiyoslovchi sodda gaplardan iborat bo‘lib, undan anglashilgan zidlik va nomuvofiqlik  mazmunining ifodalanishida antonim so‘zlar ishtiroki, ritmik-melodik xususiyatga ega bo‘lishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan  “Matn tilshunosligi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada qiyoslash munosabatini ifodalovchi  sintaktik birliklar xususiyatlari bo‘yicha berilgan ilmiy ma’lumotlar darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
qiyoslash munosabatini shakllantiruvchi qiyos sub’ekti (qiyoslanuvchi), qiyos etaloni (qiyos standarti), qiyos asosi (qiyos parametri), qiyos standart belgisi va qiyos daraja belgisi kabi vositalardan iboratligiga oid ma’lumotlardan “Pragmalingvistika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada darslik nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish