Sayt test rejimida ishlamoqda

Hamroev Sanjar Samievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuvning milliy davlat suverenitetiga tahdidlari va ularni bartaraf etish omillari (siyosiy-falsafiy tahlil)», 09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (siyosat falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal472.
Ilmiy rahbar: Atamuratov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qaxxorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonining milliy davlat suverenitetiga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirlarini bartaraf etishni siyosiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informatsion va ideologik ambisiyalar kuchayayotgan sharoitda globallashuvning til, iqtisodiyot, siyosat, ma’naviyat, madaniyatga ta’siri sababli milliy davlat suverenitetiga tahdid sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
davlatlararo iqtisodiy, siyosiy, harbiy, xavfsizlik, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarning rivojlanishi tufayli yuzaga kelayotgan integratsiyalashuv, unifikatsiyalashuv, universallashuv jarayonlari oqibatida milliy davlatchilik suverenitetiga ichki (internal) va tashqi (eksternal) tahdidlar yuzaga kelishi dalillangan;
rivojlanayotgan milliy davlatlar suverenitetiga globallashuvning xalqaro tashkilotlarga a’zolik, tashqi qarz, ommaviy axborot vositalari, internet orqali bevosita va bilvosita ta’siri zamonaviy dunyoda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy real voqeliklar asosida ochib berilib, ularning desuverenizatsiyaga etaklovchi destruktiv oqibatlari aniqlangan;
milliy davlat suverenitetiga nisbatan tahdidlarni oldini olishda globallashuv jarayonlarida teng ishtirok etish paradigmasi va yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishni milliy hamda jahonda e’tirof etilgan plyuralizm, tolerantlik, adolat prinsiplarini inobatga olib umummilliy harakatga aylantirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuvning milliy davlat suverenitetiga tahdidlari va ularni bartaraf etish omillarining siyosiy-falsafiy tahliliga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
globallashuvning milliy davlat suverenitetiga ichki va tashqi tahdidlari, bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazish vositalari hamda ularni bartaraf etish uchun globallashuv jarayonlariga teng ishtirok qilish, milliy davlat suverenitetini mustahkamlashni umummilliy harakatga aylantirish zarurati borasidagi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida targ‘ibot bukletlar, flaerlar nashr etish va tarqatish borasida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 11 apreldagi 48-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar markazning targ‘ibot, tashviqot, ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
globallashuvning milliy davlat suverenitetiga dixotomik, ya’ni milliy davlat taraqqiyoti yohud tanazzuli omili bo‘lishi mumkinligi xususiyatidan kelib chiqib tahdid sifatida namoyon bo‘lishi, bevosita va bilvosita ta’sirlari, milliy davlat suverenitetini saqlab qolish va mustahkamlashga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston24» teleradiokanalida 2022 yil 4 aprel soat 17:10da efirga uzatilgan «Muhim mavzu» ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbeksiton24» teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 12 apreldagi 03-09-205-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik ongida globallashuv taqdim etayotgan keng imkoniyatlar qatori uning davlatchilik suverenitetiga tahdid va ta’sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy asoslangan g‘oyalarni singdirishga xizmat qilgan. 
milliy davlat suverenitetiga tahdidlarni bartaraf etishda globallashuv jarayonlarida teng ishtirok etish va tahdidlarga qarshi kurashda yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishni umummilliy harakatga aylantirish zarurati borasidagi nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining ilmiy-amaliy konferensiyalari, seminarlari hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2022 yil 19 apreldagi 14-07-583-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ilmiy xulosalar millatlararo munosabatlar sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmundorligini boyitishga xizmat qilgan.
milliy davlat suverenitetiga nisbatan aniqlangan ichki (loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, agressiv millatchilik, rasizm, korrupsiya, egoizm va individualizm, huquqiy nigilizm, anarxizm, ijtimoiy-moddiy tabaqalanishning kuchayishi, separatizm) va tashqi (terrorizm, buyuk davlatchilik g‘oyasi yohud imperialistik ambisiya, «ommaviy ma’naviyat», kosmopolitizm, kiberjinoyatchilik, missionerlik va prozelitizm, noan’anaviy diniy oqimlarning kuchayishi, mintaqaviy beqarorlik, yadro urushlar xavfining mavjudligi, ekstremizm) tahdidlar va ularni bartaraf etish borasidagi taklif va tavsiyalardan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 2022 yil 15 apreldagi «Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik» mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy dasturini shakllantirishda va 2022 yil 20 aprelda partiya siyosiy kengashida masofaviy tashkil etilgan siyosiy eshituvda foydalanilgan («Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining 2022 yil 25 apreldagi 01-06/120-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish