Sayt test rejimida ishlamoqda

Xolov Olimjon Chorshamievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalq  og‘zaki  ijodi  vositasida  o‘quvchilarda aksiologik  ongni shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped1090.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Salaeva Muxabbat Saburovna, pedagogika fanlari doktori (Dsc), dotsent.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning xalq og‘zaki ijodi namunalarini emotsional-qadriyatli mohiyatini dastlabki idrok etish jarayonlari dialogik munosabatlarda qadriyatli yondashuv bilan bog‘liq nizolarning asotsial ta’sirini aksiologik-pedagogik profilaktika orqali korresiyalash mexanizmi adekvatligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari qadriyatlarning ichki qabul qilinishi (interiorizatsiya), tashqi namoyon bo‘lishi (eksteriorizatsiya), qadriyatli ustanovka va qadriyatli tanlovni amalga oshirish bilan bog‘liq shaxsiy (personal) yondashuv uyg‘unligi makro, mezo hamda mikro omillar ta’sir darajasi barqarorligini emotivlik va kommunikativlik xususiyatlari optimalligini ta’minlash asosida  aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirish modelining etnopedagogik mazmuni ma’naviy-qadriyatli munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan axloqiy dilemmalarni strukturlash, aksiologik ahamiyatli vaziyatlarni modellashtirish, shaxsiy yo‘nalganlikga ega o‘quv materiallarining neytral mazmunini transformatsiyalash shakllari (pragmatik, amaliy, prognostik) dinamikligi produktivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishning hayotiy maqsadning sub’ektiv anglanishi, o‘quv-bilish faoliyatiga qadriyatli munosabatning namoyon bo‘lishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil bilim olishga rag‘batning qo‘llab-quvvatlanishi kabi pedagogik shart-sharoitlari xalq og‘zaki ijodining milliy identiklik va etnomadaniy o‘zlikni tarkib toptirishga doir aksiopedagogik imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning aksiologik ongini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning xalq og‘zaki ijodi namunalarini emotsional-qadriyatli mohiyatini dastlabki idrok etish jarayonlarini dialogik munosabatlarda qadriyatli yondashuv bilan bog‘liq nizolarning asotsial ta’sirini aksiologik-pedagogik profilaktika orqali korresiyalash mexanizmi adekvatligini ta’minlash orqali takomillashtirish, o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari qadriyatlarning ichki qabul qilinishi, tashqi namoyon bo‘lishi, qadriyatli ustanovka va qadriyatli tanlovni amalga oshirish bilan bog‘liq shaxsiy yondashuv uyg‘unligi makro, mezo hamda mikro omillar ta’sir darajasi barqarorligini  emotivlik va kommunikativlik xususiyatlari optimalligini ta’minlash asosida  aniqlashtirishga doir takliflardan “Tarbiya” fani Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 maydagi 01/11-02/02-731-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishga doir qadriyatlar tizimini optimallashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirish modelining etnopedagogik mazmunini ma’naviy-qadriyatli munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan axloqiy dilemmalarni strukturlash, aksiologik ahamiyatli vaziyatlarni modellashtirish, shaxsiy yo‘nalganlikga ega o‘quv materiallarining neytral mazmunini transformatsiyalash shakllari dinamikligi produktivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 maydagi 01/11-02/02-731-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirish bilan bog‘liq ma’naviy fazilatlarni tashxis etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishning hayotiy maqsadning sub’ektiv anglanishi, o‘quv-bilish faoliyatiga qadriyatli munosabatning namoyon bo‘lishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil bilim olishga rag‘batning qo‘llab-quvvatlanishi kabi pedagogik shart-sharoitlarini xalq og‘zaki ijodining milliy identiklik va etnomadaniy o‘zlikni tarkib toptirishga doir aksiopedagogik imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir takliflardan takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning “Umumiy o‘rta ta’limda ma’naviy tarbiyani amalga oshirish” bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 maydagi 01/11-02/02-731-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish