Sayt test rejimida ishlamoqda

Usmanova Gulasal Normuxammad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek raqs san’atining rivojlanish tamoyillari”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/San94.
Ilmiy rahbar: Toshkenbaev Po‘lat Irkinovich san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs.02/30.12.2019. San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafro‘z Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek raqs san’atining asosiy tamoyillarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ommaviy bayram tadbirlari katta tomoshalar zali va ochiq maydonga moslashishi baletmeysterlarga ko‘p ijrochilardan iborat raqs jamoalari bilan ishlashga turtki bergani bois o‘ziga xos tematik yondashuvdagi xoreografik kompozisiyalar garmdori, qalampirmunchoq, anor, so‘zana va kashta naqshlarini sahnada aks ettirishni o‘z ichiga olgan ornamental, simmetrik-asimmetrik, statik-dinamik, bir rejali va ko‘p rejali raqs chizmasi turlari va shakllari asosida sahnalashtirilgani isbotlangan; 
o‘zbek raqs san’ati badiiy-texnik jihatdan milliy qiyofasini saqlagan holda takomillashgani bois baletmeysterlik ijodida imitativ, maishiy buyumlar yordamida ramziy raqs asarlarini yaratish bilan bog‘liq majoziy  va mazmunli, milliy texnik uslublar shakllangani aniqlangan;
tarixiy shaxslarning tavallud kuni, milliy dostonlarning yaratilishi sanasi keng nishonlana boshlangani tufayli ajdodlar hayoti va faoliyatini, dostonlar syujetini targ‘ib qilish maqsadida Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Surxon, Qoraqalpoq milliy raqs maktablari asosida voqealari yagona va uzluksiz dramatik harakatga qurilgan teatrlashtirilgan o‘zbek raqs spektakllari yuzaga kelgani ochib berilgan;
raqs syujeti mazmunini yanada ochish, raqsni ifodali vosita va harakatlar bilan boyitish, sahnada talqin etilayotgan har bir xoreografik asar mavzusi, obraz xarakteri va davr ruhiyatini aniq ifodalash maqsadida baletmeysterlar tomonidan aniq holat va harakatlar asosida jangovor, afsonaviy, lirik-fojeaviy  kabi alohida spesifik xoreografik lisonlar ishlab chiqilgani dalillangan; 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri o‘zbek raqs san’atining rivojlanish tamoyillari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ommaviy bayram tadbirlari katta tomoshalar zali va ochiq maydonga moslashishi baletmeysterlarga ko‘p ijrochilardan iborat raqs jamoalari bilan ishlashga turtki bergani bois o‘ziga xos tematik yondashuvdagi xoreografik kompozisiyalar garmdori, qalampirmunchoq, anor, so‘zana va kashta naqshlarini sahnada aks ettirishni o‘z ichiga olgan ornamental, simmetrik-asimmetrik, statik-dinamik, bir rejali va ko‘p rejali raqs chizmasi turlari va shakllari asosida sahnalashtirilgani va o‘zbek raqs san’ati badiiy-texnik jihatdan takomillashgani bois milliy baletmeysterlik ijodida imitativ, maishiy buyumlar yordamida ramziy raqs asarlarini yaratish bilan bog‘liq majoziy  va mazmunli, milliy texnik uslublar shakllangani aniqlangani bo‘yicha olingan natijalardan “O‘zbek raqsini o‘rganish uslubiyoti” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 03/32-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, O‘zbekiston davlat xoregrafiya akademiyasining o‘quv jarayoniga joriy etilib, sohaga kirib kelayotgan yosh mutaxassislar baletmeysterlikning murakkab qirralarini chuqur o‘rganishiga xizmat qilgan;
tarixiy shaxslarning tavallud kuni, milliy dostonlarning yaratilishi sanasi keng nishonlana boshlangani tufayli ajdodlar hayoti va faoliyatini, dostonlar syujetini targ‘ib qilish maqsadida Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Surxon, Qoraqalpoq milliy raqs maktablari asosida voqealari yagona va uzluksiz dramatik harakatga qurilgan teatrlashtirilgan o‘zbek raqs spektakllari yuzaga kelgani ochib berilgani va raqs syujeti mazmunini yanada ochish, raqsni ifodali vosita va harakatlar bilan boyitish, sahnada talqin etilayotgan har bir xoreografik asar mavzusi, obraz xarakteri va davr ruhiyatini aniq ifodalash maqsadida baletmeysterlar tomonidan aniq holat va harakatlar asosida jangovor, afsonaviy, lirik-fojeaviy  kabi alohida spesifik xoreografik lisonlar ishlab chiqilgani asoslangani bo‘yicha olingan natijalardan “Raqs kompozisiyasi asoslari” yangi fanini yuzaga keltirishda hamda ommaviy bayramlar tadbirlari konsepsiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 5 iyuldagi 238-son ma’lumotnomasi). Natijada yurtimizda ijod qilayotgan baletmeysterlar va raqs ansambllarida raqs spektakllarini yuzaga keltirish ko‘nikmasini shakllantirish, adabiyot va xoreografiya o‘rtasida ijodiy aloqalarni mustahkamlash, asar g‘oyasi va badiiyatining jamiyat estetik taraqqiyoti bilan mutanosibligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish