Sayt test rejimida ishlamoqda

Turamuratov Ulug‘bek Uraqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim tizimi uchun psixolog kadrlar tayyorlashning dual ta’lim texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2197.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim tizimi uchun psixolog kadrlar tayyorlashning dual ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dual ta’lim sharoitida bo‘lajak psixologlarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonlari tuzilmasi tashkiliy-shaxsiy komponentlarni konseptual, texnologik, adaptiv, shaxslararo kompetensiyalar bilan bevosita va bilvosita integratsiyalashuv darajasi qayta aloqasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
ta’lim tizimi uchun psixolog kadrlar tayyorlashning dual ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish bosqichlari talabalarni loyihaviy faoliyatga maqsadga yo‘naltirilgan tarzda jalb etish, o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish vaziyatlarini tashxis etish, refleksiv ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga doir faoliyat shakllarini pedagogik amaliyot bilan uyg‘unligini senzitiv ta’sir darajasi produktivligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
dual ta’lim sharoitida psixolog kadrlarni tayyorlashning texnologik modeli ta’lim jarayoni sub’ektlarining (talabalar, professor-o‘qituvchilar, maktab psixologlari, ish beruvchilar) hamkorlikdagi faoliyati kooperativlik jihatining   tayyorlov, tashkiliy-ijrochilik, refleksiv-umumlashtiruvchi bosqichlarga ustuvorlik berish asosida amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
psixolog kadrlar tayyorlashning “4+2” tartibida mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yicha karkas usulida intensiv kengaytirish, talabalarda o‘quv va tadqiqotchilik faoliyatiga motivatsion yo‘nalganlikning internalligini kuchaytirish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda mobil metodik guruhlar faoliyatini pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmi ta’sirchanligini jadallashtirish kabi didaktik shart-sharoitlari “qo‘sh mutaxassislik” amaliyoti samaradorligini empirik baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim tizimi uchun psixolog kadrlar tayyorlashning dual ta’lim texnologiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida:  
dual ta’lim sharoitida bo‘lajak psixologlarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonlari tuzilmasi tashkiliy-shaxsiy komponentlarni konseptual, texnologik, adaptiv, shaxslararo kompetensiyalar bilan bevosita va bilvosita integratsiyalashuv darajasi qayta aloqasini ta’minlash orqali aniqlashtirilga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muasssasalarining pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari va qo‘shimcha mutaxassislik berish bo‘yicha ta’lim dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’li markazining 2022 yil 22 iyundagi 01/11-02/02-938-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologlarni dual ta’lim tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
ta’lim tizimi uchun psixolog kadrlar tayyorlashning dual ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish bosqichlarini talabalarni loyihaviy faoliyatga maqsadga yo‘naltirilgan tarzda jalb etish, o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish vaziyatlarini tashxis etish, refleksiv ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga doir faoliyat shakllarini pedagogik amaliyot bilan uyg‘unligini senzitiv ta’sir darajasi produktivligini hisobga olish asosida aniqlashtirish, dual ta’lim sharoitida psixolog kadrlarni tayyorlashning texnologik modelini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’li markazining 2022 yil 22 iyundagi  01/11-02/02-938-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologlarni kouch-trenerlik faoliyatiga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
psixolog kadrlar tayyorlashning “4+2” tartibida mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yicha karkas usulida intensiv kengaytirish, talabalarda o‘quv va tadqiqotchilik faoliyatiga motivatsion yo‘nalganlikning internalligini kuchaytirish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda mobil metodik guruhlar faoliyatini pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmi ta’sirchanligini jadallashtirish kabi didaktik shart-sharoitlarini “qo‘sh mutaxassislik” amaliyoti samaradorligini empirik baholash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika yo‘nalishlarida “4+2” tartibida mashg‘ulotlarni tashkil etish tartibi bo‘yicha Yo‘riqnomaning “Ta’lim va amaliyot integratsiyasi” qismini  ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’li markazining 2022 yil 22 iyundagi 01/11-02/02-938-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologlarni tayyorlashda dual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish