Sayt test rejimida ishlamoqda

Turgunov Azim Turgunovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yoshlar media madaniyatiga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fa1522.
Ilmiy rahbar: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy  fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abilov Urol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Alimov Beruniy Sultonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida yoshlar media madaniyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’sirining ijtimoiy-falsafiy  jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining «axborotlashgan jamiyat» konseptiga doir ichki-inrovertiv ta’siri hamda «raqamli jamiyat», «elektron jamiyat», «axborot xavfsizligi»ni ta’minlash  orqali raqamli axborot shakllari va tarkibini talqin qilishning prakseologik jihatdan roli ochib berilgan; 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish jarayonlarining rivojlanishi natijasida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ijtimoiy zaruriyat sifatida texnooptimizmning kuchayishini media madaniyatning bosma, vizual va audiovizual vositalarini shakllantirish orqali bartaraf etish samarali usul ekanligi isbotlangan;
axborot almashinuvi ijtimoiy zaruriyat sifatida yoshlar o‘rtasida mavjud raqamli texnologiyalardan foydalana olishdagi tafovutlar hamda axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatishdagi ilmiy tafakkur uslubidagi o‘zgarishlar natijasida postnoklassik fan bilan bog‘liq texnokratik tafakkur shakllanishining shaxslararo muloqotga salbiy ta’siri falsafiy jihatdan ochib berilgan;
yoshlar ongi va tafakkurini shakllantirish tendensiyalari vorisiylik va novatorlik ta’siridagi ijodiy qobiliyatga bog‘liqligi hamda interfaol, tanqidiy tahlil qilish va xavfsizlik ko‘nikmalari kabi tarkibiy qismlari ta’sirida inson bilish imkoniyatining kognitiv tabiatida o‘zgarishlar bo‘lishi falsafiy jihatdan  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yoshlar media madaniyatiga ta’sirini ilmiy o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining «axborotlashgan jamiyat» konseptiga doir ichki-inrovertiv ta’siri hamda «raqamli jamiyat», «elektron jamiyat», «axborot xavfsizligi»ni ta’minlash  orqali raqamli axborot shakllari va tarkibini talqin qilishning prakseologik jihatdan roliga oid taklif va tavsiyalardan «O‘zbekiston Milliy axborot agentligi»ning 2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2021 yil 1 dekabrdagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar media madaniyatiga doir axborotlarning zamonaviy mazmunda bo‘lishiga xizmat qilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish jarayonlarining rivojlanishi natijasida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ijtimoiy zaruriyat sifatida texnooptimizmning kuchayishini media madaniyatning bosma, vizual va audiovizual vositalarini shakllantirish orqali bartaraf etish samarali usul ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 2-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejasining 31-32-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 7 dekabrdagi 04-13/1711-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi hamda hududiy va mahalliy kengashlari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish metodologiyasini takomillashishiga xizmat qilgan;
axborot almashinuvi ijtimoiy zaruriyat sifatida yoshlar o‘rtasida mavjud raqamli texnologiyalardan foydalana olishdagi tafovutlar hamda axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatishdagi ilmiy tafakkur uslubidagi o‘zgarishlar natijasida postnoklassik fan bilan bog‘liq texnokratik tafakkur shakllanishining shaxslararo muloqotga salbiy ta’siriiga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2021 yilga mo‘ljallangan turkum tadbirlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2021 yil 9 dekabrdagi 2-13-23-3114-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar tarbiyasiga axborot ta’siri, shu bilan birga yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini yuksaltirish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
yoshlar ongi va tafakkurini shakllantirish tendensiyalari vorisiylik va novatorlik ta’siridagi ijodiy qobiliyatga bog‘liqligi hamda interfaol, tanqidiy tahlil qilish va xavfsizlik ko‘nikmalari kabi tarkibiy qismlari ta’sirida inson bilish imkoniyatining kognitiv tabiatida o‘zgarishlar bo‘lishi falsafiy jihatiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishiga oid «Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash»ga qaratilgan bir qator bandlari  doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 11 fevraldagi 02/11/196-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning mediamadaniyatini yuksaltirish borasidagi targ‘ibot ishlarini samarali olib borishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish