Sayt test rejimida ishlamoqda

Muradova Firuza Rashidovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ped134.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual ta’lim sharoitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi amaliy-operatsion, motivatsion-undovchi, gnostik, kommunikativ, refleksiv tarkibiy asoslarni muhandis-texnologlar tayyorlash jarayonlariga bevosita idenfikatsiyalashga yo‘naltirilgan shaxsiy kasbiy faoliyatni texnologik loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
 talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual ta’limiy laboratoriyalardan foydalanishning kvazimetodik imkoniyatlari gibrid, tartibli, deklarativ virtual modellarni majmuaviy yondashuv asosida tanlashda o‘quv-bilish faoliyatining taksonomik darajalarini qat’iy belgilash, tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishda avtomatlashtirilgan amaliy tajribalarni imitatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalardan foydalanishga doir  elektron ta’lim resurslari kontenti (learning content), interaktivlik, kommunikativlik, mul`timedia vositalarining o‘quv materiallarini taqdim etish imkoniyati, ta’limiy ob’ektlarni tadqiq etish bo‘yicha kompyuterli modellashtirish, o‘quv ishlarini avtomatlashtirish bilan bog‘liq ergonomik va metodik talablar tizimning o‘zaro birgalikdagi harakatlanuvchi komponentlari qayta aloqasi intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyalardan foydalanishning didaktik modelini mazmunli-texnologik komponenti talabalarning elektron ta’limiy resurslar bilan ishlash jarayoniga moslashuvini ta’minlash, ijodiy jihatdan o‘z-o‘zini namoyon etishga yo‘naltirilgan muhitni loyihalash bosqichlari bilan kasbiy-amaliy faoliyatga doir nostandart vaziyatlarni “reproduktivlikdan kreativlikka” tamoyili asosida strukturalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyalardan foydalanishga doir o‘quv materiallarini idrok etishning audial, vizual, kinestetik tizimlarini integratsiyalash, maxsus, texnologik, kommunikativ, refleksiv kompetensiyalarni yaxlit tarzda shakllantirish kabi metodik shart-sharoitlari jarayon monitoringini adaptiv, reproduktiv, evristik, kreativ darajalar bo‘yicha korrelyasiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
virtual ta’lim sharoitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish tuzilmasini amaliy-operatsion, motivatsion-undovchi, gnostik, kommunikativ, refleksiv tarkibiy asoslarni muhandis-texnologlar tayyorlash jarayonlariga bevosita idenfikatsiyalashga yo‘naltirilgan shaxsiy kasbiy faoliyatni texnologik loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining IZ-2020041512 - raqamli “Tibbiy ta’lim pedagoglari uchun “Tibbiyot pedagogikasi” elektron metodik portalini yaratish” nomli xalqaro loyihasining elektron ta’limiy resurslarni strukturalashga doir tavsiyalarni ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2022 yil 17 oktyabrdagi 01-01-2179-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida virtual o‘qitish modellarini joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual ta’limiy laboratoriyalardan foydalanishning kvazimetodik imkoniyatlarini gibrid, tartibli, deklarativ virtual modellarni majmuaviy yondashuv asosida tanlashda o‘quv-bilish faoliyatining taksonomik darajalarini qat’iy belgilash, tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishda avtomatlashtirilgan amaliy tajribalarni imitatsiyalash asosida aniqlashtirish, “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalardan foydalanishga doir  elektron ta’lim resurslari kontenti, interaktivlik, kommunikativlik, mul`timedia vositalarining o‘quv materiallarini taqdim etish imkoniyati, ta’limiy ob’ektlarni tadqiq etish bo‘yicha kompyuterli modellashtirish, o‘quv ishlarini avtomatlashtirish bilan bog‘liq ergonomik va metodik talablarni tizimning o‘zaro birgalikdagi harakatlanuvchi komponentlari qayta aloqasi intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan muhandislik-texnologik institutlarining 60721800 – Neft va gaz ishi yo‘nalishi uchun “Muhandislik ishida axborot texnologiyalari” (“Informatsionnie texnologii v injenernom dele”) nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0788 raqamli guvohnoma). Natijada, muhandislik ishida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyalardan foydalanishning didaktik modeli mazmunli-texnologik komponentini talabalarning elektron ta’limiy resurslar bilan ishlash jarayoniga moslashuvini ta’minlash, ijodiy jihatdan o‘z-o‘zini namoyon etishga yo‘naltirilgan muhitni loyihalash bosqichlari bilan kasbiy-amaliy faoliyatga doir nostandart vaziyatlarni “reproduktivlikdan kreativlikka” tamoyili asosida strukturalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Qoraqalpoq davlat universitetining 598661-EPP-1-2018-1-RO-EPPKA2-CBFIE-JP DECIDE: "Imkoniyati cheklanganlar uchun xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish” amsliy loyihasining kompyuterli modellashtirish jarayonlarini kasbiy yo‘naltirish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2022 yil 17 oktyabrdagi 01-21-04/2360-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompyuter markazlarida virtual laboratoriyalarni yaratish va foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyalardan foydalanishga doir o‘quv materiallarini idrok etishning audial, vizual, kinestetik tizimlarini integratsiyalash, maxsus, texnologik, kommunikativ, refleksiv kompetensiyalarni yaxlit tarzda shakllantirish kabi metodik shart-sharoitlarini jarayon monitoringini adaptiv, reproduktiv, evristik, kreativ darajalar bo‘yicha korrelyasiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Imkoniyat o‘z qo‘lingda” va “Najot bilimda” kabi turkum ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyo1rlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 oktyabrdagi 264-son ma’lumotnomasi). Natijada, malakali muhandislar tayyorlash jarayonlarida ochiq ta’limiy resurslardan foydalanish  samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish