Sayt test rejimida ishlamoqda

Zaripova Matluba Qulfitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Red1902.
Ilmiy rahbar: Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Etakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni innovasion-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari motivasion,  kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan internallik darajasi validligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni  innovasion-pedagogik faoliyatga  tayyorlash jarayonlarini takomillashtirishga  yo‘naltirilgan faoliyat mazmuni, tuzilmasi, komponentlari amaliy tayyorgarlikni reallashgan va reallashmagan salohiyat bilan integratsiyalashuv mexanizmining eksteriorizatsiyasi refleksivligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovasion-pedagogik faoliyatga tayyorlash modelining amaliy komponenti mualliflik yondashuviga asoslangan o‘quv-o‘yinli loyihalashga asoslangan elektiv kurs hamda kreativlik va analitik fikrlashga yo‘naltirilgan to‘rt (yo‘naltiruvchi, rag‘batlovchi, individual-mustaqil ish, jamoaviy ijodiy ish) bosqichli metodikani retrospektiv refleksiya bo‘yicha ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovasion-pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyasi perseptivlik, taqlidiy, reproduktiv, produktiv o‘quv harakatlari, refleksiv-tanqidiy fikrlash, produktiv ijodiy faoliyat bosqichlarini komandada o‘qitishning 7T (g‘oya, ishonch, ko‘nikmalar, ijodiy qobiliyat, liderlik, qo‘llab-quvvatlash) modelining modifikatsion variantini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlarini motivasion,  kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan internallik darajasi validligini ta’minlash, faoliyat mazmuni, tuzilmasi, komponentlarini amaliy tayyorgarlikni reallashgan va reallashmagan salohiyat bilan integratsiyalashuv mexanizmining eksteriorizatsiyasi refleksivligiga ustuvorlik berish asosida asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari pedagogika ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 26 yanvardagi 01/11-02/02-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovasion-pedagogik faoliyatga tayyorlash modelining amaliy komponentini mualliflik yondashuviga asoslangan o‘quv-o‘yinli loyihalashga asoslangan elektiv kurs hamda kreativlik va analitik fikrlashga yo‘naltirilgan to‘rt bosqichli metodikani retrospektiv refleksiya bo‘yicha ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogika” ensiklopediyasining III jildini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 26 yanvardagi 01/11-02/02-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonlarini loyihalash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovasion-pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyasini perseptivlik, taqlidiy, reproduktiv, produktiv o‘quv harakatlari, refleksiv-tanqidiy fikrlash, produktiv ijodiy faoliyat bosqichlarini komandada o‘qitishning 7T  modelining modifikatsion variantini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Texnologiya” va “Tarbiya” fanlari o‘qituvchi qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 26 yanvardagi 01/11-02/02-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning innovatsion-pedagogik faoliyati kreativligini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish