Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmadjonov Nurbek Zokirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy uslubda qo‘llangan presedent nomlarning lingvopoetik tadqiqi” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1407.
Ilmiy rahbar: Shukurov Rahmatillo Mirzatillaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona  davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
 Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalivich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Shavkatjon Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi she’riy va nasriy asarlarda qo‘llanilgan presedent nomlar hamda poetonimlarning uslubiy-funksional, semantik xamda lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy uslubda qo‘llangan presedent nomlarning mashhurlik, ramziylik kabi lingvopoetik xususiyatlari hamda ularning badiiy konseptlarni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati dalillangan;
she’riy matnda qo‘llangan presedent nomlarning o‘quvchida obrazli tasavvur uyg‘otishi, muayyan voqelikni aks etishi kabi funksional-semantik xususiyatlari kontekst bilan aloqadorlikda izohlangan; 
presedent nomlarning badiiy matndagi allyuzivlik, onomastik metafora, ramziylik, ijtimoiylik, xarakterlovchi, ekspressivlik, assotsiativ, etalonlik, stilistik, estetik, lingvopoetik vazifalari aniqlangan;
poetonimlarning qiyoslash, intertekstuallik, kommunikativlik, o‘xshatish, ekspressivlik, so‘zlovchi nom, onomastik metonimiya, nominativlikni ifodalovchi funksional-uslubiy xususiyatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnda presedent nomlarning uslubiy-funsional hamda semantik jihatlarini lingvopoetik nuqtai nazardan yoritishga bag‘ishlangan dissertatsion ishda erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
badiiy uslubda qo‘llangan presedent nomlarning uslubiy-funsional hamda semantik hususiyatlari sifatida asoslangan ilmiy xulosa va natijalaridan “Matn tilshunosligi” nomli darslikni tayyorlashda keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-317-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada darslik ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
presedent nomlar badiiy matn tarkibida turli lingvopoetik vazifalar bajarib kelishi, o‘quvchining ongida oldingi nomlar yoki voqea hodisalarga nisbatan ishora qilishi, presedent nomga aylanadigan poetonimlarning badiiy matndagi funsional-semantik imkoniyatlari hamda xulosalaridan “Uslubshunoslik asoslari” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500/t-006-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning til bilan bog‘liq muommolari bilan bog‘liq jarayonlar xususan, presedent nomlarning yuzaga kelishi, maqomi, ularning o‘rganilishi, badiiy nutqda qo‘llanilishi va uning lingvopoetikasi yuzasidan berilgan takliflar badiiy matnni o‘quvchilarda yanada obrazliroq tasavvur uyg‘otishda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan;
poetonimlarning qiyoslash, intertekstuallik, kommunikativlik, o‘xshatish, ekspressivlik, so‘zlovchi nom, onomastik metonimiya, nominativlikni ifodalovchi funksional-uslubiy xususiyatlari yuzasidan olingan takliflardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2020-2021 yillarda efirga uzatilgan “Adabiy muhit”, “Ko‘ngil mulki” teleko‘rsatuvlarida va “Ma’naviyat–qalb ko‘zgusi” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 iyuldagi 1201/90-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan matnlarning mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish