Sayt test rejimida ishlamoqda

Azizova Omina Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston kino san’atining rivojida teatr aktyorining o‘rni va ahamiyati”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/San49.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Il`dar Askadovich, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nigora G‘anievna, san’atshunoslik fanlari doktori; Umarov Ma’mur Botashikovich, falsafa fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek teatri aktyorining milliy kinematograf taraqqiyotidagi o‘rnini belgilash hamda ikki san’at turining o‘zaro ta’sirlanuv jarayonidagi badiiy xususiyatlarini ijrochilik mahorati kesimida ochib berishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston professional teatri va kinosi deyarli bir davrda paydo bo‘lganligi sababli ularning badiiy komponentlarining parallel ta’sirlanuvi natijasida aktyorlik, rejissyorlik sohasini madaniy-tarixiy evolyusiyasida milliylik, tomoshaviylik, baynalmilallik singari o‘ziga xosliklar mavjudligi isbotlangan;
teatr aktyorining “kechinma san’ati”ga asoslangan ijrosini  kinematografiyada tatbiq etilishi kinoning drama, detektiv, tarixiy drama, melodrama, sarguzasht, fantastika, komediya singari janrlariga xilma-xillik olib kirganligi, natijada fil`mlarda tabiiylik, hayotiylik, ko‘p qirralilik kabi badiiy xususiyatlar kuchli shakllanganligi dalillangan;
aktyorning hissiyotlari teatrdagidan farqli ravishda kinoda yaxlit badiiy obraz yaratishdek murakkab psixofizik jarayonni bajarishidagi zaruriyat tufayli improvizatsiya, holatdan holatga tez o‘ta olish kabi o‘ziga xosliklarga bog‘liqligi asoslangan;
teatr aktyorining milliy va jahon, tarixiy va zamonaviy asarlardagi xilma-xil qahramonlarni romantik, realistik talqin uslublari, kinematografdagi ijro manerasining badiiy yaxlitligi,  janr o‘ziga xosligi va stilistikasiga o‘zaro ta’sir etishi ochib berilgan;
kinoaktyorlarning drama, tarixiy drama, komediya kabi janrdagi spektakllarni ijro etishda ijodiy-eksperimental yangiliklardan foydalanayotganligi zamonaviy aktyorlik san’atida tomoshaviylik, improvizatsiya, hayotiylik, ramziylik kabi yangi estetik tamoyillarni teatr sahnasida qo‘llayotganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston kino san’atining rivojida teatr aktyorining o‘rni va ahamiyati mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
O‘zbekiston professional teatri va kinosi deyarli bir davrda paydo bo‘lganligi sababli ularning badiiy komponentlarining parallel ta’sirlanuvi natijasida aktyorlik, rejissyorlik sohasini madaniy-tarixiy evolyusiyasida milliylik, tomoshaviylik, baynalmilallik singari o‘ziga xosliklar mavjudligini ko‘rsatish bo‘yicha olib borilgan  tadqiqotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2019 yil 10 oktyabrdagi “Milliy qo‘g‘irchoq teatr san`ati: tarixda va bugun” mavzusida tayyorlangan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” DUKning 2019 yil 13 dekabrdagi 02-40-2646-son ma’lumotnomasi), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Ochiq namoyish”, “Kinotalqin” ko‘rsatuvlari (“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2022 yil 21 apreldagi 01-02-01/81-son ma’lumotnomasi), “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” DUKning 2020 yil 2 martdagi 02-10-486-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston teatr va kino san’atining tarixi, ikki mustaqil san’atning o‘zaro ta’sirlanuv jarayonlarini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lib, aktyorlarni turli muhit va sharoitda ishlay olish ko‘nikmasini shakllantirish, aktyorlik san’ati nazariyasiga oid bilimlarni kengaytirishga xizmat qilgan;  
teatr aktyorining milliy va jahon, tarixiy va zamonaviy asarlardagi xilma-xil qahramonlarni romantik hamda realistik singari rang-barang talqin uslublari bois, kinematografdagi ijro manerasining badiiy yaxlitligi,  janr o‘ziga xosligi va stilistikasiga ta’sir etishi, ikki mustaqil san’atning o‘zaro ta’sirlanuv jarayonida yangi ijro uslublari bilan boyishi, yangilanayotgan davr aktyorlik san’ati bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 01-12-06-4753-son ma’lumotnomasi). Natijalar  sahna ijodkorlarini ekran bilan, kinoaktyorlarni esa teatr bilan ijodiy munosabatlarini mustahkamlashda, respublika dramatik, musiqiy, qo‘g‘irchoq teatrlari va teatr-studiyalarning ishini tashkil qilishda kinematografik ifoda vositalari, texnik imkoniyatlardan foydalanish muhimligini ko‘rsatishda xizmat qilgan;
teatr aktyorining “kechinma san’ati”ga asoslangan ijrosini  kinematografiyada tatbiq etilishi kinoga drama, detektiv, tarixiy drama, melodrama, sarguzasht, fantastika, komediya singari janrlarga xilma-xillik olib kirganligi, natijada tabiiylik, hayotiylik, ko‘p qirralilik kabi badiiy xususiyatlar kuchli shakllanganligi konkret fil`mlar tahlillaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining 702 PZ-20170928517 “Teatr, kino va musiqa ustalari ijodi – O‘zbekiston milliy madaniyatining ustuvor omili sifatida” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 11 apreldagi 3/1255-819-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston teatr va kino san’atining o‘zaro aloqalari, ta’sirlanuv jarayonini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lib, aktyorlik san’ati nazariyasiga oid bilimlarni kengaytirishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish