Sayt test rejimida ishlamoqda

Usmonov Farhod Lapasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda demokratik islohotlarning yangi bosqichida axborot erkinligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy asoslari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal343.
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Dosmuxamedov Xurshid Nabievich, filologiya fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirishda axborot erkinligini ta’minlashning ijtimoiy, siyosiy, falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot erkinligining aksiologik, ontologik, epistimologik xususiyatlari (sabab va oqibat) zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy entroporiyaning kamayishiga va uning yaxlit organizm sifatidagi barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi asoslangan;
globallashuv davrida Internet hamjamiyatlarining sinergetik tarmoqlar boshqaruvining tizimli yondashuv shakli orqali an’anaviylik va zamonaviylik dialektikasi asosida axborot etkazib berish (nochiziqlilik, tizimning ochiqligi, tuzilmalarning yangi turlarining paydo bo‘lishi)ning eng samarali usuli ekanligi isbotlab berilgan;
axborotning jadallashuviga bevosita ta’sir qiluvchi kuchlar (iqtisodiy, raqamli, biologik, yangi texnologiyalar)ning generatsiyasi inklyuziv mohiyati, jamiyat hayotiga deterministik («axborot erkinligi» va «axborot mas’uliyati») ta’siri va insonparvarlik tamoyillarining mental jihatlarga mosligi asoslangan;
dunyoda OAVlari tizimining oddiy axborot vositasidan murakkab, ko‘p funksiyali tuzilmaga aylanishi bilan bog‘liq transformatsion (umumiylik, xususiylik) xususiyatlari falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda demokratik islohotlarning yangi bosqichida axborot erkinligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy asoslari mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
axborot erkinligining aksiologik, ontologik, epistimologik xususiyatlari (sabab va oqibat) zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy entroporiyaning kamayishiga va uning yaxlit organizm sifatidagi barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishiga doir g‘oya va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 24 martdagi 05/2-1180-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlanishda fuqarolar ishtirokini, «ijtimoiy mas’uliyat»ni yanada rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan;
dunyoda OAVlari tizimining oddiy axborot vositasidan murakkab, ko‘p funksiyali tuzilmaga aylanishi bilan bog‘liq transformatsion  (umumiylik, xususiylik) xususiyatlari ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasida sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2022 yil 30 martdagi 01-18/190-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, mediabiznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha amaliy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga asos bo‘lib xizmat qilgan.
globallashuv davrida Internet hamjamiyatlarining sinergetik tarmoqlar boshqaruvining tizimli yondashuv shakli orqali an’anaviylik va zamonaviylik dialektikasi asosida axborot etkazib berish (nochiziqlilik, tizimning ochiqligi, tuzilmalarning yangi turlarining paydo bo‘lishi)ning eng samarali usuli ekanligi haqidagi g‘oyalar, metodologik tavsiyalar O‘zA faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2022 yil 7 apreldagi 01-23/250-son ma’lumotnomasi). Natijalar bugungi kunda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’siri oshishiga xizmat qilgan;
axborotning jadallashuviga bevosita ta’sir qiluvchi kuchlar (iqtisodiy, raqamli, biologik, yangi texnologiyalar)ning generatsiyasi inklyuziv mohiyati, jamiyat hayotiga deterministik («axborot erkinligi» va «axborot mas’uliyati») ta’siri va insonparvarlik tamoyillarining mental jihatlarga mosligiga doir ilmiy xulosalardan «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati» ish faoliyatida foydalanilgan («Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati»ning 2022 yil 21 apreldagi 44-son ma’lumotnomasi). Natijalar jurnalistlarni jamiyatimizdagi tub demokratik o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish