O‘taev Akram Yo‘ldoshevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida ma’lumot
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya ko‘nikmasini rivojlantirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B.2022.1.PhD/Ped3017.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xodjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari, tizimi va samaradorligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya ko‘nikmalarini ijtimoiy-siyosiy talablar asosida rivojlantirishning nazariy aspektlari ta’lim jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishning motivatsion va kognitiv-faoliyatli jarayonlarini tarbiyaviy ishlar metodikasi bilan integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda siyosiy tarbiya ko‘nikmasini rivojlantirish texnologiyasi globallashuv sharoitida siyosiy tarbiya tamoyillari (ilmiylik, tarixiylik, uzviylik, faollik, vorisiylik) hamda usullarini (ishontirish, mashq qildirish, kuzatish va tahlil, rag‘batlantirish) siyosiy madaniyatning pedagogik mazmuniga tizimli singdirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya ko‘nikmasini rivojlantirish tizimi yoshlarni siyosiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konseptini uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi mazmuniga muvofiq ishlab chiqish hamda vatanparvarlik va globallashuv tushunchalari o‘rtasidagi aloqadorlikni korrelyasion usul orqali aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
siyosiy tarbiya ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik talablarni talabalar siyosiy madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini didaktik modellashtirish usuli vositasida takomillashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya ko‘nikmasini rivojlantirishning pedagogik asoslari va uni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishning motivatsion va kognitiv-faoliyatli jarayonlarini tarbiyaviy ishlar metodikasi bilan integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya ko‘nikmalarini ijtimoiy-siyosiy talablar asosida rivojlantirishning nazariy aspektlari, bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya, siyosiy ong, siyosiy axloq va siyosiy faollik kabi shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarning rivojlanganlik darajasi va ularga ta’sir etuvchi omillar, bo‘lajak o‘qituvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konseptida tarbiya masalasi intellekti va ma’naviyati sog‘lom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas qismi bo‘yicha ilmiy xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 11 maydagi 120-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning siyosiy madaniyatini rivojlantirish, xususan, bu borada badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini aniqlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya ko‘nikmasini rivojlantirish tizimi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va integratsiyaga asoslangan ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish sifatini oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash tizimini qaror toptirish, o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning real hayotiy vaziyatlarda qo‘l kelishiga erishish, ta’lim mazmunining hayotiy ahamiyatini oshirish, dunyodda kuzatilayotgan globallashuv sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini salbiy ta’sirlardan himoyalashning zarurati ularda siyosiy tarbiya ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy asoslari va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 11 maydagi 120-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda globallashuv sharoitida siyosiy tarbiya ko‘nikmalarining zarurati va mazkur kompetensiyaga ega bo‘lishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalar siyosiy madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini didaktik modellashtirish usulini ta’lim amaliyotida qo‘llash asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak o‘qituvchilarda siyosiy tarbiya ko‘nikmasini rivojlantirishning samaradorligini oshirish jarayonini tashkil etishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalardan hamda yoshlarning siyosiy madaniyatini tarkib toptirish, siyosiy dunyoqarashni shakllantirish hamda siyosiy tarbiya ko‘nikmasini rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy nazariy tahlillar, xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston 24” teleradiokanali davlat muassasasining “Maxsus reportaj”, “Inson qadri uchun” va “Tahlilnoma” tahliliy ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O’zbekiston 24” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 30 maydagi 05-09-314-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining siyosiy tarbiya ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy va metodik tavsiyalar hamda ta’lim tizimiga yangi islohotlarni joriy qilishni kuchaytirishga xizmat qilgan.