Sayt test rejimida ishlamoqda

Narmanov Alisher Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalar nutqini xalq og‘zaki poetik ijodi vositasida rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari (boshlang‘ich ta’lim misolida)”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3402.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mahammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Etakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bolalar nutqini rivojlantirishda xalq og‘zaki poetik ijodidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari va omillari xalq og‘zaki poetik ijodining janr imkoniyatlarini nutqning odatiy-refleksiv va tezkor-operatsion xususiyatlari bilan assosatsiv uyg‘unlashtirish asosida ochib berilgan;
bolalar nutqini xalq og‘zaki poetik ijodi namunalari vositasida rivojlantirishning funksional modeli modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini modellashtirish usuli orqali ta’minlash asosida takomilashtirilgan;
o‘quvchilarning nutq artikulyasiyasini rivojlantirishda xalq og‘zaki poetik ijodi imkoniyatlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari, ob’ektiv va sub’ektiv omillari hamda mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim  texnologiyasidan real ta’limiy sharoitda foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda xalq og‘zaki poetik ijodi imkoniyatlaridan foydalanishning ta’limiy texnologiyalari o‘qitishning tashkiliy-didaktik komponentlarini bolalarning yosh xususiyatlariga pedagogik-psixologik jihatdan motivatsion-diagnostik moslashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar nutqini rivojlantirishda xalq og‘zaki poetik ijodidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
xalq og‘zaki poetik ijodining janr imkoniyatlarini nutqning refleksiv va operatsion xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirish va o‘qitish metodikasida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasini qo‘llash, bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari va omillarini aniqlashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi  fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilshgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 yanvardagi 110-son dalolatnomasi). Natijada, xalq og‘zaki poetik ijodi namunalarining janriy imkoniyatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq imkoniyatlarini oshirishdagi  rolini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
modellashtirishning universallik, ilmiylik, izchillik, normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning algoritmik izchilligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan bolalar nutqini xalq og‘zaki poetik ijodi namunalari vositasida rivojlantirishning funksional modeli va uni amaliyotga joriy etish mexanizmlariga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi  fundamental ilmiy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 yanvardagi 110-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda XOPI namunalaridan foydalangan holda bolalarning nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyasi takomillashtirishga xizmat qilgan;
suhbat, tushuntirish, namoyish qilish, mashq qildirish metodlarini o‘quvchilarning nutq artikulyasion imkoniyatilarini oshirishga yo‘naltirish asosida ochib berilgan mustaqil ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishda xalq og‘zaki poetik ijodi imkoniyatlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari borasidagi xulosalardan o‘quvchilarni xalqaro PIRLS baholash dasturiga tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining  2022 yil 6 maydagi 01/11-01/10-630-son ma’lumotnomasi).   Natijada, “O‘qish” fanini PIRLS baholash dasturi talablariga yo‘naltirib o‘qitishning intensivligini ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘qitishning motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli, natijaviy-refleksiv kabi tashkiliy-didaktik komponentlarini bolalarning yosh xususiyatlariga pedagogik-psixologik jihatdan moslashtirish asosida ishlab chiqilgan emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv nutq ko‘nikmalarni rivojlantirishda xalq og‘zaki poetik ijodi imkoniyatlaridan foydalanishning ta’limiy texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali “madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va tarqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 26 apreldagi 04-36-492-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim fanlarini integratsiyalash asosida o‘qitishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalarni keng o‘qituvchilar ommasiga etkazishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish