Sayt test rejimida ishlamoqda

Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amaliyotchi psixologlar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda matematik usullardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P228.
Ilmiy rahbar: Sobirova Dilafro‘z Abduroziqovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06. 
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi amaliyotchi psixologlar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda matematik usullardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliyotchi psixologlardagi matematik savodxonlikning rivojlanganlik darajasi induktiv, deduktiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini kognitiv, mantiqiy kompetentlik xususiyatlarini differensialashuviga ko‘ra shakllantirishi tufayli psixodiagnostik, psixokorreksion ishlar samaradorligini ta’minlovchi indikator ekanligi dalillangan;
amaliyotchi psixologlarning ma’lumotlarni qayta ishlash paketidan foydalanishi kontent-tahlil, natijalarini birlamchi guruhlash va talqin qilish ko‘nikmalarining namoyon bo‘lishi kreativ kompetenlik, divergent fikrlash omillarining integrativ ta’sirida matrisalar rangi bilan ishlash malakasini shakllantirilganligiga ko‘ra yoshga oid differensial farqlarga bog‘liqligi asoslangan; 
amaliyotchi psixologlarning intellektuallik  sifatini analogik xulosa chiqarish jarayonida namoyon bo‘lishi individual refleksiv omillardan yangilikka sezgirlik sifatini motivatsion komponentga ustuvorlik berish orqali shakllanganligi sababli, kreativ fikrlashni rivojlanishini ta’minlovchi kognitiv omil ekanligi isbotlangan;
amaliyotchi psixologlarning matematik savodxonligini shaxslilik sifatlariga bog‘liqligiga ko‘ra mustaqil, realistik fikrlashni kognitiv, ijodiy tafakkur omillarini integratsiyalash orqali ularda matematik hamda kommunikativ kompetenlikni uyg‘un holda rivojlantirish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amaliyotchi psixologlar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda matematik usullardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari asosida:
amaliyotchi psixologlardagi matematik savodxonlikning rivojlanganlik darajasi amaliyotchi psixologlardagi matematik savodxonlikning rivojlanganlik darajasi induktiv, deduktiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini kognitiv, mantiqiy kompetentlik xususiyatlarini differensialashuviga ko‘ra shakllantirishi tufayli psixodiagnostik, psixokorreksion ishlar samaradorligini ta’minlovchi indikator ekanligi dalillangan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18-avgustdagi 8-sonli buyrug‘iga asosan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi 8-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi natijasida amaliyotchi psixologlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;  
amaliyotchi psixologlarning ma’lumotlarni qayta ishlash paketidan foydalanishi kontent-tahlil, natijalarini birlamchi guruhlash va talqin qilish ko‘nikmalarining namoyon bo‘lishi kreativ kompetenlik, divergent fikrlash omillarining integrativ ta’sirida matrisalar rangi bilan ishlash malakasini shakllantirilganligiga ko‘ra yoshga oid differensial farqlarga bog‘liqligi asoslanganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan 5210203 – Psixologiya (amaliy psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Umumiy psixodiagnostika» nomli darsligi mavzulari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i). Natijada amaliyotchi psixologlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini sifat jihatdan boyitilishga erishilgan;
amaliyotchi psixologlarning intellektuallik  sifatini analogik xulosa chiqarish jarayonida namoyon bo‘lishi individual refleksiv omillardan yangilikka sezgirlik sifatini motivatsion komponentga ustuvorlik berish orqali shakllanganligi sababli, kreativ fikrlashni rivojlanishini ta’minlovchi kognitiv omil ekanligi isbotlangan ilmiy ma’lumotlar  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan 5210203 – Psixologiya (amaliy psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Umumiy psixodiagnostika» nomli darsligi mavzulari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i). Natijada amaliyotchi psixologlarning matematik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minoti takomillashtirildi va o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashda xizmat qilgan;
amaliyotchi psixologlarning matematik savodxonligini shaxslilik sifatlariga bog‘liqligiga ko‘ra mustaqil, realistik fikrlashni kognitiv, ijodiy tafakkur omillarini integratsiyalash orqali ularda matematik hamda kommunikativ kompetenlikni uyg‘un holda rivojlantirish mumkinligi isbotlanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18-avgustdagi 8-sonli buyrug‘iga asosan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlar matematik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha metodik ta’minoti takomillashtirishtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish