Chorshamiev Nuriddin Abdialimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh kurashchilarning tayyorgarlik tizimida mashqlanish va tiklanish darajasini oshirishda sharqona massajdan foydalanish metodikasi ”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1489.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Usmanxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy maslahatchi: Nurullaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aliev Iskandar Baxromovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh kurashchilarning tayyorgarlik tizimida mashqlanish va tiklanish darajasini oshirish uchun mushak kuchi hamda tonusini mashg‘ulot va musobaqalardan so‘ng sharqona massajdan foydalanib organizmning qayta tiklanish darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yosh kurashchilar organizmining funksional holati va mashg‘ulotdan so‘ng tiklanishi imkoniyatidan kelib chiqib  sharqona massajga qo‘shimcha sifatida sport massaji silash va uqalash usullari qo‘llardan orqaga tortish-burish (45° ga), elkadan bilakka qarab silash va qo‘l kaftini ham qo‘shib silash, tortish harakatlarini bajarish hisobiga mushak kuchlari  dinamikasini tezkor rivojlantirish uslubiyati takomillashtirilgan;
yosh kurashchilarning jismoniy va funksional ko‘rsatkichlarini inobatga olib shiddatli mashg‘ulotlarda mashqlanish va tiklanish darajasini oshiruvchi massaj turlari  ezish va uqalash kabi mushak tonusi bo‘yicha tiklanishni tezlashtiruvchi bir martalik, uch va besh oylik seriyali mashg‘ulot vositalarini kiritish evaziga yuklamadan keyin organizmning qayta tiklash imkoniyati oshirilgan;
yosh kurashchilarning tayyorgarlik tizimida sportchilarning funksional holatini tiklash va ishchanlik qobilyatini oshirish uchun qisqa vaqt ichida amalga oshirishga yordam beruvchi “tiklantiruvchi massaj” vositalarini o‘tkazish vaqti hamda shakllarini vaziyatga bog‘liq holda ishlab chiqish hisobiga organizmdagi zo‘riqishni kamaytirish imkoniyati kengaytirilgan; 
yosh kurashchilarni yillik tayyorgarlik jarayonida sportchilarni mushak tonusi ko‘rsatgichlarini  inobatga olgan holda  yuklamadan keyin tiklanish darajasini ishlab chiqilgan sharqona massaj uslubini qo‘llash asosida mashg‘ulot  samaradorligini oshirish imkoniyatlari  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurash bilan shug‘ullanuvchi 14-17 yoshli sportchilar organizmini tiklashga mo‘ljallangan sharqona massaj hamda mashqlantirish bo‘yicha olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida: 
yosh kurashchilarning mushak kuchi va tiklanish darajasini oshirishda sharqona massaj usullari kurashchilarning texnikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi va tez tiklanishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘llanilgan massaj majmuasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shaharidagi Respublika olimpiya va paralimpiya markazidagi kurash bilan shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 03-17-02/3575-son dalolatnomasi). Natijada kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligi 15 % ga ortgan;
yosh kurashchilarda mashg‘ulot oldi va keyingi holatlarda tiklanuvchanlik sifatini rivojlantirishga mo‘ljallangan sharqona massaj qo‘llanish tartibi Chirchiq olimpiya va paralimpiya markazidagi kurash bilan shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 03-17-02/3575-son dalolatnomasi). Natijada musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 20 % o‘sganligi aniqlangan;
yosh kurashchilarning tayyorgarlik tizimida sportchilarning funksional holatini tiklash va ishchanlik qobilyatini oshirish uchun qisqa vaqt ichida amalga oshirishga yordam beruvchi “tiklantiruvchi massaj” vositalarini o‘tkazish vaqti hamda shakllarini vaziyatga bog‘liq holda qo‘llash tartibi Toshkent shaharidagi Respublika olimpiya va paralimpiya markazidagi kurash bilan shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 03-17-02/3575-son dalolatnomasi). Natijada kurashchilarda mashqlardan so‘ng mushaklarning tiklanish davri ko‘rsatkichlari  11,3 % ga oshgan;
yosh kurashchilarning organizmi tiklanish darajasi tajriba asosida aniqlangan. mushakning taranglashuvi va bo‘shashishini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya markazidagi kurash bilan shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 03-17-02/3575-son dalolatnomasi). Natijada yosh kurashchilarning egiluvchanlik qobiliyatini rivojlanish darajasi 15 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish