Xamdamova Sitora Baxshilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uil`yam Batler Yeyts she’riyatida an’anaviylik va novatorlik uyg‘unligi», 10.00.04. – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1135.
Ilmiy rahbar: Bakaeva Muhabbat Kayumovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muhammedova Hulkar Elboevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Uil`yam Batler Yeyts she’riyatida an’ana va novatorlik uyg‘unligi masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy ingliz she’riyatida an’anaviylik va novatorlik o‘rtasidagi uyg‘unlik masalasi, ularning badiiy aks ettirilishida muallif tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, individuallik va taqlid qilish muammosi, “she’riy inqilob” davrida ingliz madaniyati an’analarini saqlab qolish, ajdodlardan meros qolgan qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqish tendensiyasi, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlar ingliz she’riyati vakillarining muhim vazifasiga aylanganligi aniqlangan;
U.B.Yeyts ijodida an’anaviylik hamda novatorlik uyg‘unligi nuqtai nazaridan alohida e’tiborga loyiqligi, ijod qilgan davr adabiy oqimlari kurashining aksariyat qismi uning ijodida o‘z aksini topganligi, ushbu ziddiyatli va shiddatli o‘zgarishlar davrida ijodkorning bosh maqsadi she’riy an’ana va novatorlik o‘rtasidagi uyg‘unlikni saqlash, mazmun va badiiy shakl yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati dalillangan;
U.B.Yeyts ijodining serqirra va murakkabligi, uning mualliflik uslubi rivojining asosiy bosqichlarini aniqlashda muallifning individual o‘ziga xos uslubi va mahorati, ularda an’anaviylik va novatorlik uyg‘unligi shoir ijodida namoyon bo‘ladigan bir necha adabiy oqimlar almashinuvi zaylida o‘zgarib turishi asoslangan;
U.B.Yeyts badiiy asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari aniqlanib, shoir ijodida qo‘p asrlik adabiy an’analarning yangilanish tamoyillari bilan uyg‘unlashuv jarayoni allyuziya, remessensiya, tarjima, montaj, kollaj va boshqa vositalar yordamida shartlanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi antonomaziyalarning semantik, lingvopoetik hamda lingvokul`turologik tahlili tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tilidagi antonomaziyalarning til va nutqda yuzaga kelish sababiyati, lisoniy manbalari, shakllanish mexanizmi, troplar tizimi va badiiy matndagi o‘rni, funksiyasi hamda ahamiyati aniqlanib, semantik mohiyat-mazmuni lingvomadaniyat bilan bevosita bog‘liqligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005-raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 15 fevraldagi 123-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari ikki til doirasidagi antroponimlar tahliliga asoslangan soha lug‘atlari yaratish uchun yangi ilmiy-nazariy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
ingliz tilidagi antonomaziyalarning leksik-semantik xususiyatlarini ochib berish, adabiy asarlarda ularning badiiy san’atlarni voqelantirishdagi o‘rni, yuzaga kelish mexanizmi hamda ularning lingvopoetik jihatlarini tadqiq etish va ingliz tilida antonomaziyalarning shakllanish manbalari va qonuniyatlari hamda xalq madaniyati bilan bevosita bog‘liqligi masalalarini aniqlashga oid xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan SUZ800-20-IN0098 raqamli «Access-STEM» xorijiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 20 oktyabrdagi 05-01-1437-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilidagi antonomaziyalarning tahliliga asoslangan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratilgan hamda o‘quv jarayoniga joriy qilingan;
ingliz va o‘zbek tillarida antonomaziyaning tabiati o‘xshash, shakllanish va voqelanish mexanizmi deyarli bir xil ekanligi, maqsad hamda vazifasi ham bir-biriga muvofiq kelishi, ikkala tilda ham antonomaziyalarning shakllanish manbalari shu xalqlarning ijtimoiy hayoti, madaniyati, diniy e’tiqodi, tarixi va adabiyoti bilan bevosita bog‘liqligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarining 2021 yil may sonidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 maydagi 1/149-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’lumotlar milliy-ma’naviy merosni targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rsatuvlar ssenariysini boyitishga xizmat qilgan.