Berdiev Toshtemir Boymurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korporativ boshqaruvning tijorat banklari investision jozibadorligiga ta’sirini oshirish», 08.00.13 — «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1833.
Ilmiy rahbar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Nabiev Elshod G‘anievichlar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida mavjud tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali ularning investision jozibadorligini oshirishga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank tizimining investision jozibadorligini yanada oshirish, davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni transformatsiya qilishda bank Kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar salmog‘ini 30-60 foizga etkazish orqali uning mustaqilligini ta’minlash taklifi asoslangan;
banklar faoliyati samaradorligini oshirishda banklar Kuzatuv kengashi a’zolari tarkibida davlat xizmatchilari sonini kamaytirish orqali banklar faoliyatiga davlat organlari ta’sirini me’yorlashtirish taklifi berilgan;
yirik banklarda korporativ munosabatlar uchun mas’ul tarkibiy bo‘linma va shtat birligini tashkil etish orqali investorlarning huquqlarini himoya qilish, bankning investision jozibadorligi oshirish hamda banklardagi xususiylashtirish jarayonini soddalashtirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari Kuzatuv kengashlari qoshida risklarni boshqarish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etish va komplaens nazoratini rivojlantirish orqali bank risklarini monitoring qilish va mansabdor shaxslar tomonidan firibgarlik riskining oldini olishni takomillashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank tizimining investision jozibadorligini yanada oshirish, davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni transformatsiya qilishda bank Kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar salmog‘ini 30-60 foizga etkazish orqali uning mustaqilligini ta’minlash taklifi Xalq banki tomonidan korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish amaliyotiga joriy etilgan (Xalq bankining 2021 yil 2 avgustdagi 10-23/3404-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning bank amaliyotiga joriy etilishi natijasida 2 ta chet ellik mutaxassis kengash a’zoligiga qabul qilinib, faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichi (CIR) 2019 yilga (67,5%) nisbatan yaxshilanib, 2020 yil 49,3% ni; aktivlar rentabelligi (ROA) 2019 yilga (0,8%) nisbatan oshib, 2020 yil 2,1% ni; kapital rentabelligi (ROE) 2019 yilga (3,4%) nisbatan oshib, 2020 yilda 10,2% ni tashkil etgan;
banklar faoliyati samaradorligini oshirishda banklar Kuzatuv kengashi a’zolari tarkibida davlat xizmatchilari sonini kamaytirish orqali banklar faoliyatiga davlat organlari ta’sirini me’yorlashtirish taklifi Xalq banki korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish amaliyotiga joriy etilgan (Xalq bankining 2021 yil 2 avgustdagi 10-23/3404-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy asoslangan taklifning bank amaliyotiga qabul qilinishi natijasida bank kengash tarkibida davlat xizmatchilari sonini 2 taga kamaytirishga erishilgan;
yirik banklarda korporativ munosabatlar uchun mas’ul tarkibiy bo‘linma va shtat birligini tashkil etish orqali investorlarning huquqlarini himoya qilish, bankning investision jozibadorligi oshirish hamda banklardagi xususiylashtirish jarayonini soddalashtirish taklifi Xalq banki korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish amaliyotiga joriy etilgan (Xalq bankining 2021 yil 2 avgustdagi 10-23/3404-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy asoslangan taklifning bank amaliyotiga qabul qilinishi natijasida Bosh ofisda korporativ boshqaruv xizmati tashkil etilgan, korporativ maslahatchi shtat birligi kiritilib, lavozim majburiyati belgilangan bo‘lib, mustaqil tashkilot tomonidan bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijasi 2019 yilga (651 ball) nisbatan oshib, 2020 yilda 738 ballni tashkil etgan;
tijorat banklari Kuzatuv kengashlari qoshida risklarni boshqarish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etish va komplaens nazoratini rivojlantirish orqali bank risklarini monitoring qilish va mansabdor shaxslar tomonidan firibgarlik riskining oldini olishni takomillashtirish taklifi Xalq banki korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish amaliyotiga joriy etilgan (Xalq bankining 2021 yil 2 avgustdagi 10-23/3404-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy asoslangan taklifning bank amaliyotiga qabul qilinishi natijasida Kuzatuv kengashi qoshida «Risklarni boshqarish hamda yirik va manfaatli bitimlar qo‘mitasi» tashkil etilib, yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 2019 yilga (0%) nisbatan oshib, 2020 yil 10,6% ni; likvidlikni qoplash me’yori koeffisienti 2019 yilga nisbatan (264,2%) oshib, 2020 yilda 280,1% ni tashkil etgan.