Saparniyazov Rustem Shaniyazovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi e’loni haqida


I. Umumiy qoidalar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Fitomorfik obrazlarning genezisi va badiiy talqini (o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klorlari materiallari asosida), 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1690.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Palimbetov Kamal Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raeva Munis Yunusovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyotga molik
II. Tadqiqotning maqsadi jahon va turkiy xalqlar fol`klorida an’anaviy qo‘llanilib kelayotgan fitomorfik obrazlarning tarixiy asoslarini aniqlash, fitomorfik obrazlar bilan aloqador qadimiy e’tiqodiy ishonchlar, mifologik tasavvurlar, marosim aytimlarining fitomorfik obrazlar genezisiini oydinlashtirishda tutgan o‘rnini belgilash, ularning badiiy tafakkur taraqqiyotiga ta’sirini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klori materiallarining qiyosi asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klorida fitonimlar bilan bog‘liq qadimiy e’tiqodiy ishonch va xalq qarashlar orqali ularning xalq og‘zaki ijodidagi poetik transformatsiyasi aniqlanib, dunyo va turkiy fol`klor materiallari orqali qadimgi ajdodlarimizning mifologik tasavvurlari, arxeologik topilmalarda o‘simlik kul`tiga bog‘liq ramziy belgilarning fol`klor materiallari asosida fitomorfik kul`tning genezisi va tipologiyasi oydinlashtirilgan; 
o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klori epik janrlari strukturasida fitomorfik kul`t bilan aloqador syujet va motivlarning qo‘llanilishini taqqoslash asosida o‘simlik bilan bog‘liq obrazlarning fol`klor asarlaridagi badiiy-kompozision xizmatlari aniqlangan; 
o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klorida fitomorfik kul`tga aloqador mifopoetik kodning fol`klor asarlarida badiiy obraz-ramziy timsolga aylanishi mezonlari ochib berilgan;
xalq qo‘shiqlari, maqollar, urf-odat va marosimlarida an’anaviy qo‘llanib kelayotgan o‘simlik bilan bog‘liq mifologik tasavvurlar rudimentlarini qiyoslash  natijasida o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`kloridagi fitomorfik obrazlarning badiiy xususiyatlari oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fitomorfik obrazlarning genezisi va badiiy talqini (o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klorlari materiallari asosida) orqali olingan natijalar asosida:
o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klorida fitonimlar bilan bog‘liq qadimiy e’tiqodiy ishonch va xalq qarashlar orqali ularning xalq og‘zaki ijodidagi poetik transformatsiyasi aniqlanib, dunyo va turkiy fol`klor materiallari orqali qadimgi ajdodlarimizning mifologik tasavvurlari, arxeologik topilmalarda o‘simlik kul`tiga bog‘liq ramziy belgilarning fol`klor materiallari asosida fitomorfik kul`tning genezisi va tipologiyasi, fol`klor asarlarida o‘simlik kul`ti bilan bog‘liq fitomorfik obrazlar va motivlar keng qo‘llanilgani, ularning badiiy  asarda timsoliy semantikasi o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klori materiallarining qiyoslash orqali fitomorfik obrazlarning badiiy xususiyatlari faktik materiallar va ilmiy xulosalaridan O‘zR FA Qaraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilimiy-tadqiqot institutining FA-F-1-005 sonli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish» (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qaraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 12 sentyabrdagi 328/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, fitomorfik obrazlarning fol`klor asarlaridagi badiiyatiga xos ilmiy nazariy xusolar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
fitomorfik obrazlarning genezisi va poetik mohiyati o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klori materiallari qiyosiy orqali oydinlashtirilib ularning mifologik asosi bilan bog‘liq nazariy xulosalardan  I.V. Saviskiy nomidagi amaliy san’at muzeyining fol`klor bo‘limiga tegishli eksponat va materiallarning ko‘rgazmasini tashkillashtirishda va ularni og‘zaki izohlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 5-may 2-03/580-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning marosimlar, an’analar va urf – odatlarida keng qo‘llanilayotgan daraxt obrazining funksional mohiyati, qadimgi turkiylarning mifologik qarashlari, arxeologik topilmalarda o‘simlik kul`tiga bog‘liq timsollarning fol`klor materiallari bilan qiyosiy o‘rganish natijasida daraxt kul`tining genezisiga doir ko‘rgazma va ekskursiya darslari sifati yaxshilandi, ajdodlarimizning ilmiy-falsafiy qarashlari borasidagi yangi ma’lumotlarni ilmiy nazariy anjumanlarda keng joriylashtirishga erishilgan;
o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klorida fitomorfik kul`tga aloqador mifopoetik kodning fol`klor asarlarida badiiy obraz-ramziy timsolga aylanishi, xalq qo‘shiqlari, maqollar, urf-odat va marosimlarda qo‘llanilgan o‘simlik bilan bog‘liq fitonimik obrazlarning qiyosiy –tipologik tadqiqi natijasida o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz fol`klorida o‘simliklar va daraxtlarni muqaddas hisoblash to‘g‘risidagi materiallardan Qaraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasiniing «Өzbekstan ulio‘ma үyimiz!», «Әdebiyat hәm dәo‘ir» singari ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 26 apreldagi 05-22/231-son ma’lumotnomasi). Natijada ajdodlarimizning daraxtlarga sig‘inishi singari tushunchalarning arxitipik xususiyatlari borasidagi mifopoetik aks etgan epik asarlarning keng tarqalishi pirovardida milliy qadriyatlarni asrash, yoshlarda xalq an’analariga muhabbatni shakllantirish, ularni vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash ruhida kamol toptirish, fol`klor asarlarining ma’naviy tarbiyalashi borasidagi ilmiy nazariy xulosalar keng joriylashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish