Rasulov Zubaydullo Izomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nutqiy tuzilmalar axborot-diskursiv mazmuni shakllanishi jarayonida tejamkorlik tamoyilining faollashuvi (ingliz va o‘zbek tillari materiali asosida)», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fil243.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Terezita Juliet Eldrij, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sintaktik ellipsisning tabiati, uning kelib chiqish sabablari, diskursiv maqomini aniqlash orqali ularning til va nutqdagi o‘rnini, lisoniy, struktur-semantik, kommunikativ-pragmatik, kognitiv-konseptual, lingvostilistik hamda kommunikologik tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
lisoniy birliklar ma’nosi faqat olam idrokining aksi bo‘lmasdan, balki inson tajribasini umumlashtirish mahsuli ekanligiga ko‘ra lisoniy shakl va iboralar olam lisoniy manzarasi shakllanishiga o‘z ulushini qo‘shishi barobarida so‘zlovchining grammatik va leksik unsurlar tanlovidan tashqari, nutqiy tuzilmaning propozisiya mundarijasiga ham tayanishi asoslangan; 
ingliz va o‘zbek tillarida ajratilgan bo‘laklarning nutqda kichik va miqdoran kam lisoniy vositalarni qo‘llash orqali ko‘prok miqdordagi axborotni ifodalashga imkon yaratishi isbotlangan;
tejamkorlik hodisasining tabiati va mohiyatini belgilash uchun diskursiv faoliyatni ta’minlovchi omillar hamda uning ishtirokchilarining kommunikativ maqsadini aniqlash oqibatida muloqot jarayonida, diskursiv faoliyat mobaynida  tilning asosiy vazifasi bo‘lgan axborotni uzatish va qabul qilish harakatlari samarasi namoyon bo‘lishi dalillangan;
tahlil qilinayotgan tillardagi nutqiy tuzilmalarda mavjudlik haqidagi axborot; modal bo‘lak; zamon ko‘rsatkichi; makon ko‘rsatkichi; xususiyat; ushbu belgilarga ega predmet kabi oltita axborot bo‘lagidan birining lisoniy voqelanmasdan qolishi lisoniy tejamkorlik qonuniyatining nutqiy faollashuvi natijasi ekanligi aniqlangan;
uzatilayotgan axborotning asosiy yoki o‘zak qismi hisoblangan rema nutqiy faoliyat muhitida turlicha voqelanishi sababli u gap tarkibida nafaqat prosodik hamda lug‘aviy-grammatik vositalar yordamida balki  gapning shaklan ifoda topmagan bo‘lagidagi axborot ortiqchaligidan saqlanish vositasi vazifasini o‘tashi, tematik axborot esa kontekstga tayangan holda tiklanishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Til qonuniyatlari asosida muntazam yaratiladigan elliptik tuzilmalarni aniqlash va ularning stilistik vazifalarini diskursiv yondashuv asosida tahlil qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
lisoniy birliklar ma’nosi faqat olam idrokining aksi bo‘lmasdan, balki inson tajribasini umumlashtirish mahsuli ekanligini inobatga olgan holda lisoniy shakl va iboralar olam lisoniy manzarasi shakllanishiga o‘z ulushini qo‘shishi barobarida so‘zlovchining grammatik va leksik unsurlar tanlovidan tashqari, nutqiy tuzilmaning propozisiya mundarijasiga ham tayanishi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan FA-F1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 15 avgustdagi 17.01/322-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha mundarijasi nutqiy tuzilmalarning axborot-diskursiv mazmuni shakllanishiga doir yangi ko‘rinishdagi o‘quv adabiyotlar yaratish imkoniyati bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi lisoniy tejamkor tuzilmalarning tahlili asosida ajratilgan bo‘laklarning nutqda kichik va miqdoran kam lisoniy vositalarni qo‘llash orqali ko‘prok miqdordagi axborotni ifodalashga imkon yaratishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Oliy ta’limning xorijiy filologiya (ingliz) 5111400, 5112200, 5120100, 5120200 ta’lim yo‘nalishlari uchun yaratilgan  “Theoretical Aspects of the Language Learned (History of the English language)” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-113-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tilning tadrijiy rivojlanishida lisoniy o‘zgarishlarga olib keluvchi tejamkorlik tamoyilining roliga doir nazariy va faktik materiallar orqali o‘quv adabiyoti takomillashtirilgan;
uzatilayotgan axborotning asosiy yoki o‘zak qismi hisoblangan rema nutqiy faoliyat muhitida turlicha voqelanishi sababli u gap tarkibida nafaqat prosodik hamda lug‘aviy-grammatik vositalar yordamida balki  gapning shaklan ifoda topmagan bo‘lagidagi axborot ortiqchaligidan saqlanish vositasi vazifasini o‘tashi, tematik axborot esa kontekstga tayangan holda tiklanishiga oid  xulosa va natijalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan TEMPUS dasturining 2011-2014 yillarga mo‘ljallangan Evropa ittifoqidagi hamkorlar - London Metropolitan Universiteti  (Buyuk Britaniya), Vitautas Magnus Universiteti (Litva), Pelopenez Universiteti (Gresiya) va Britaniya Kengashi bilan hamkorlikdagi QAPD loyihasi doirasidagi 516996 –TEMPUS-1-2011-1-GB-TEMPUS-SMGR "Professional akademik liderlar tayyorlash orqali ta’lim sifatini oshirish" loyihasi dasturida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 19 sentyabrdagi 02-04/01-1678-son ma’lumotnomasi).  Natijada  filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun malakaviy amaliyot ishchi dasturining glossariysini tuzishda, o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativ qobiliyatini oshirish, tilshunoslik, xususan, og‘zaki diskursda kuzatilatiladigan elliptik gaplar asoslari borasidagi bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar asosida fan dasturini modernizatsiya qilish imkoni yaratilgan;  
tejamkorlik hodisasining tabiati va mohiyatini belgilash uchun diskursiv faoliyatni ta’minlovchi omillar hamda uning ishtirokchilarining kommunikativ maqsadini aniqlash oqibatida muloqot jarayonida, diskursiv faoliyat mobaynida  tilning asosiy vazifasi bo‘lgan axborotni uzatish va qabul qilish harakatlari samarasi namoyon bo‘lishiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro” va “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 13 sentyabragi 1/236-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan; keltirilgan tahlillar teletomoshabinlarning muloqot jarayonida, diskursiv faoliyat mobaynida  tilning asosiy vazifasi bo‘lgan axborotni uzatish va qabul qilish harakatlari samarasi va mazmuni to‘g‘risidagi bilimini va ularning nutq zohirlanishiga qiziqishini oshirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish