Ochilov Ulug‘bek Sayfulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Teodor Drayzer va Abdulla Qodiriy ijodida naturalizm xususiyatlari», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil71.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuxrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Murodov G‘ayrat Nekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Muhayyo Hasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi amerika yozuvchisi Teodor Drayzer va o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning ijodida naturalizm xususiyatlarini, ular zamiridagi mushtarak va o‘ziga xos jihatlarni, bularga sabab bo‘lgan omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XX asrdagi jamiyatning ijtimoiy-axloqiy muammolari, an’analari va ularning rivojlanishi Teodor Drayzer hamda Abdulla Qodiriy ijodida naturalizm xususiyatlari, uning badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi asoslangan;   
Teodor Drayzer va Abdulla Qodiriy ijodida yozuvchilar yashagan jamiyatdagi dahshatli voqealar, nohaqliklar, ularning inson ongiga, tabiatiga, hatti-harakatiga ta’siri, zolim jamiyatdan qochish, muammoni mantiqiy hal etishda tushkunlik, muammoni chetlab o‘tish kabi motivlarni voqelantirishdagi muallif tafakkuri, qahramonning shaxsiy muammolari, ma’naviy va psixologik izlanishlari yetakchi o‘rin egallashi isbotlangan;
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlaridagi badiiy-tarixiy, g‘oyaviy-ijtimoiy shartlanganlik, oila muhiti va o‘sha davrdagi o‘zgarishlardagi ustivorlik va asosiy qahramonlar tabiati o‘zaro chog‘ishtirilib, Otabek, Kumush va Zaynab obrazlarining naturalistik obrazlar ekanligi, Ra’no va Anvar obrazlarida esa mazkur kaloritning mavjud emasligi dalillangan;
har ikkala adib asarlarida naturalizmning mushtarak va farqli jihatlariga sabab bo‘lgan  makon, zamon, ijtimoiy  muhit ta’siri badiiy aks ettirilishida muallif tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teodor Drayzer va Abdulla Qodiriy ijodida naturalizm xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
XX asrdagi jamiyatning ijtimoiy-axloqiy muammolari, an’analari va ularning rivojlanishi Teodor Drayzer hamda Abdulla Qodiriy ijodida naturalizm xususiyatlari, uning badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 31 martdagi 701/69-son ma’lumotnomasi). Natijada tanlangan asarlar doirasidagi tahlillar asosida ijtimoiy muhitning personajlar tabiati shakllanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatishiga oid xulosalar loyiha doirasida lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari samaradorligini oshirishda, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilishi aniqlangan;
har ikkala adib asarlarida naturalizmining mushtarak va farqli jihatlariga sabab bo‘lgan  makon, zamon, ijtimoiy  muhit ta’siri badiiy aks ettirilishiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2018-2020 yillarda bajarilgan “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy maqsadli loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 16 noyabrdagi 04/1-2202-son ma’lumotnomasi). Natijada muallif tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlari aniqlik kiritilgan; 
har ikkala muallif ijodida o‘zi yashagan jamiyatdagi dahshatli voqealar, nohaqliklar, ularning inson ongiga, tabiatiga, hatti-harakatiga ta’siri, zolim jamiyatdan qochish, muammoni mantiqiy hal etishda tushkunlik, muammoni chetlab o‘tish kabi motivlarni voqelantirishda muallif tafakkuri, qahramonning shaxsiy muammolari, ma’naviy va psixologik izlanishlariga doir ilmiy natijalardan Buxoro davlat universitetida 2014-2015 yillarda bajarilgan AQShning SUZ800-14-GR064 raqamli “Ingliz va Amerika adabiyotidan o‘zbek tiliga she’riy tarjima va qiyosiy she’rshunoslik muammolari” (“The problems of poetic translation from American and English literature into Uzbek and comparative versification”) mavzusidagi xorijiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 20 sentyabrdagi 05-01-1339 - son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida tahsil oluvchi talabalarga umummilliy va zamonaviy qarashlarni shaklantirishda badiiy asarlarning o‘rni to‘g‘risidagi xulosalarni etkazish orqali loyiha ishtirokchilarining ingliz va Amerika adabiyotiga qiziqishlarining ortishiga va loyiha mazmunining boyishiga erishilgan;
Teodor Drayzer va Abdulla Qodiriy ijodidagi naturalizm xususiyatlari, qahramonlar tabiatidagi  irodasizlik, jamiyatning va asosan moddiy boylikning salbiy ta’siri kabi masalalarning ifoda etilishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom, Buxoro», «Everyday English», «Ilm Dunyosi» kabi turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 18 avgustdagi 1/197-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning hozirgi kunda naturalizmning Amerika va o‘zbek adabiyotidagi badiiy talqiniga xos xususiyatlar haqidagi ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish