Ostanov Shuxrat Sharifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Art-terapiya vositalari orqali talaba-yoshlar kreativligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P226.
Ilmiy rahbar: Sobirova Dilafro‘z Abduroziqovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Maqsadova Mehriniso Sayxonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda art-terapiya vositalari orqali kreativlik xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
art-terapevtik usullar ta’sirida talabalar kreativligini shakllanishi fikrlashning ravonligi, tasavvur darajasi, qiziquvchanlik xususiyatlarini praksis hislarga ustuvorlik berish asosida rivojlanganligiga ko‘ra yoshga oid differensial farqlarga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
talabalarda kreativlik xususiyatlarini darajaviy ifodalanishi ramziy va majoziy fikrlashning konvergent tafakkur ta’sirida semantik qobiliyatga integrativ rivojlanishi tufayli kognitiv-intellektual kompetentlikni shakllantiruvchi muhim individual omil ekanligi dalillangan;
talaba-yoshlarda divergent tafakkurni namoyon bo‘lishiga individual-refleksiv omillarning bevosita ta’siri nostandart vaziyatda echim topish qobiliyatiga hissiy sezgirlikni singdirish orqali ijobiy o‘zgarishi tufayli semantik va sponton moslashuvchanlikni rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
talaba-yoshlarning fikrlash jarayoniga kreativlik omillarini ta’siri natijasida individual-kreativ xususiyatlardan tavakalchilikka moyilik, qiziquvchanlikning proektiv tafakkurga integratsiyasini art texnikalar orqali ta’minlanishi tufayli ijodiy tasavvurlarni differensial rivojlanishi dalillangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Art-terapiya vositalari orqali talaba-yoshlar kreativligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
art-terapevtik usullar ta’sirida talabalar kreativligini shakllanishi fikrlashning ravonligi, tasavvur darajasi, qiziquvchanlik xususiyatlarini praksis hislarga ustuvorlik berish asosida rivojlanganligiga ko‘ra yoshga oid differensial farqlarga bog‘liq ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgustdagi 8-sonli buyrug‘iga binoan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi 8-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi natijasida talabalardagi kreativlik mezonlarini takomillashtirilgan;
talabalarda kreativlik xususiyatlarini darajaviy ifodalanishi ramziy va majoziy fikrlashning konvergent tafakkur ta’sirida semantik qobiliyatga integrativ rivojlanishi tufayli kognitiv-intellektual kompetentlikni shakllantiruvchi muxim individual omil ekanligi dalillanganligiga oida ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 5210203 – Psixologiya (amaliy psixologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Umumiy psixodiagnostika» nomli o‘quv qo‘llanmasi mavzulari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i). Natijada talaba-yoshlarda kreativlik mezonlarini rivojlantirish orqali ulardagi ijodiy vazifalarni bajarish, muqobil echimlarni izlash kabi sifatlari takomillashtirilgan;
talaba-yoshlarda divergent tafakkurni namoyon bo‘lishiga individual-refleksiv omillarning bevosita ta’siri nostandart vaziyatda echim topish qobiliyatiga hissiy sezgirlikni singdirish orqali ijobiy o‘zgarishi tufayli semantik va sponton moslashuvchanlikni rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 5210203 – Psixologiya (amaliy psixologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Umumiy psixodiagnostika» nomli o‘quv qo‘llanmasi mavzulari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i). Natijada art-terapiya metodlari orqali talaba-yoshlardagi kreativlik mezonlarini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik ta’minotini boyitishga erishilgan;
talaba-yoshlarning fikrlash jarayoniga kreativlik omillarini ta’siri talaba-yoshlarning fikrlash jarayoniga kreativlik omillarini ta’siri natijasida individual-kreativ xususiyatlardan tavakalchilikka moyilik, qiziquvchanlikning proektiv tafakkurga integratsiyasini art texnikalar orqali ta’minlanishi tufayli ijodiy tasavvurlarni differensial rivojlanishini dalillashga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgustdagi 8-sonli buyrug‘iga binoan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayoni davomida talaba-yoshlar moslashuvchanligi, o‘ziga hosligi, fikrlashning ravonligi kabi qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi ta’minlangan.