Miradilov Batir Maxkamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘yin ampluasini hisobga olgan holda malakali basketbolchilarning texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirish metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1464.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbanova Mexri Azizbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘yin ampluasini hisobga olgan holda malakali basketbolchilarda texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli o‘yin ampluasidagi malakali basketbolchilarning jismoniy sifatlarini takomillashtirishda musobaqa davridagi yaqinlashtiruvchi mikrotsikllariga o‘yinchilarning aerob-anaerob imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan “kondision” mashqlarni kiritish orqali organizm tizimlarini yuqori o‘yin shiddatiga moslashtirish asosida texnik-taktik harakatlar sifatini oshirish imkoniyati optimallashtirilgan;
stenogramma usuli va “FIBA LiveStats” statistik kompyuter dasturida ish qobiliyatining pasayishi hamda raqib qarshiligini aniqlashda malakali basketbolchilarning o‘yin amplua xususiyatlari bo‘yicha chidamkorligini oshirishga qaratilgan hamda musobaqa talablariga munosiblashtiruvchi texnik-taktik harakatlar “Blok tizimi”ni ishlab chiqish evaziga o‘yindagi natijadorlikni oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
hujum zonasini (basketbol maydonining yarimi) to‘qqizta shartli zonaga bo‘lish asosida jamoaning har bir o‘yinchisi uchun “individual to‘p tashlash xaritasi”ni ishlab chiqish dasturi orqali o‘yin davomida turli ampluadagi malakali basketbolchilarning har xil masofalardan to‘pni savatga tashlashda “eng qulay pozisiyasiga” (qulay zona (nuqta)) olib chiqish imkoniyati kengaytirilgan;
turli o‘yin ampluasidagi malakali basketbolchilarning musobaqa talablari (yuqori shiddat va o‘yin vaziyatlarini tez kechishi) asosida modellashtirilgan muammoli vaziyatli-taktik “tengsizlik vazifalarni” mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘yin ampluasini hisobga olgan holda malakali basketbolchilarning texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirishga metodikasini ishlab chiqish doirasida o‘tkazilgan tajribalar asosida:
turli o‘yin ampluasidagi malakali basketbolchilarning jismoniy sifatlarini takomillashtirishda o‘yinchilarning aerob-anaerob imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan “kondision” mashqlardan foydalanish bo‘yicha takliflar “Basketbol nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘i, 110-178-raqamli guvohnomasi). Natijada, “O‘R MVSM” klub jamoasi basketbolchilarida kislorodni maksimal iste’mol qilish qiymati (KMIQ): “ximoyachilar”da - 8,51% ga, “hujumchilarda” - 6,12% ga, “markaziy” o‘yinchilarda - 6,00% ga; YuQCh 170 zarba/daq. ishchanlik qobilyati quvvati (PWC170 sinovi): “ximoyachilar”da - 7,58% ga, “hujumchilar”da - 6,06% ga, “markaziy” o‘yinchilarda - 6,17% ga; Garvard step-testi indeksi (GSTI): “ximoyachilar”da - 18,34% ga, “hujumchilar”da - 21,76% ga, “markaziy o‘yinchilar”da - 20,17% ga yaxshilangan;
turli ampludagi malakali basketbolchilarning o‘yin chidamkorligini oshirishga qaratilgan texnik-taktik tayyorgarlik “Blok tizimi”ni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika oliy sport mahorati maktabida tahsil oladigan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining asosiy va zahira tarkibidagi malakali basketbolchilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligini 2021 yil 16 noyabrdagi 04-1702/10579-son dalolatnomasi). Natijada, sport o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining asosiy va zahira tarkibidagi malakali basketbolchilarning musobaqadagi natijadorligi 5,78% dan 30,5% gacha oshgan;
basketbol maydonini to‘qqizta zonaga bo‘lish asosida jamoaning har bir o‘yinchisi uchun “individual to‘p tashlash xaritasi” ishlab chiqilib, qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan olimpiya zahiralari kolledjida tahsil oladigan basketbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligini 2021 yil 16 noyabrdagi 04-1702/10579-son dalolatnomasi). Natijada, Namangan olimpiya zahiralari kolledjida tahsil oladigan turli o‘yin ampluasiga mansub basketbolchilarda o‘yin haratlari samaradorligi “ximoyachilar”da-8,5%ga, “hujumchilar”da-12,7%ga, “markaziy o‘yinchilar”da-10,4%ga oshgan;
musobaqa talablari asosida modellashtirilgan muammoli vaziyatli-taktik “tengsizlik” vazifalarni amalga oshirish metodikasi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligini 2021 yil 16 noyabrdagi 04-1702/10579-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlariga ko‘ra texnik-taktik harakatlar samaradorligi “ximoyachilar”da - 38,48%ga, “hujumchilar”da - 33,70%ga, “markaziy o‘yinchilar”da - 32,09%ga oshgan va 2018, 2019 yillarda jamoa O‘zbekiston Respublikasi erkaklar o‘rtasida oliy liga Chempionat va Kubogida - 1chi o‘rin, “Nooruz-2019” va “Central Asia Summer Cup-2019” halqaro turnirlarda (Bishkek shahri, Qirg‘iziston) - 1chi o‘rinni egallagan.