Allamuratov Gulmurat Sultamuratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘istonning kundalik hayot tarzi tarixi (1941-1945 yillar)”, 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD.Tar221.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilimiy darajasi va unvoni: Djumashev Askar Mambetovich-tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.   
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilimiy darajasi va unvoni: Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi. 1941-1945 yillardagi Qoraqalpog‘istondagi shahar va qishloq aholisining kundalik hayoti tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
xalq xo‘jaligida ko‘proq agrar sohani rivojlantirishga yo‘naltirilganligi bois qishloq aholisining mutlaq ustunligi bilan ajralib turadigan Qoraqalpog‘iston aholisi urush yillaridagi og‘ir ijtimoiy-maishiy sharoitiga harbiy omillar jiddiy ta’sir etganligi bois odamlarni ijtimoiy muhitida sharoitlariga moslashish usullari o‘zgarganligi aniqlangan;
shahar sharoitidagi axborot sohasidagi to‘liqlilik, haqqoniylik  mazmuni va kundalik eshittirishlar ruknlaridagi ijtimoiy-maishiy jihatlar, mehnat faoliyatini boshqarish va nazorat qilishning qat’iy siyosatini amalga oshirish jamiyat e’tiborining maksimal darajada frontga yordam berishga qaratilishida hal qiluvchi rol o‘ynaganligi isbotlangan;
aholining safarbarlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga an’anaviy aloqalar, qadriyatlar va munosabatlar ta’sirida shakllangan barqaror axborot balansi ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan; 
shahar aholisining moddiy-maishiy sharoitlari faqat eng zaruriy ehtiyojlarni qondirishni ta’minlagan bo‘lsa, ayni paytda Qoraqalpog‘iston qishloq aholisiga nisbatan ular ovul va qishloqlarning to‘liq iqtisodiy tanazzulga uchrashini aks ettirib, kundalik hayotning axborot muhiti partiya va davlat targ‘ibot-tashviqot mashinasining kuchli ta’siri ostida shakllantirilganligi isbotlangan.
Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi kundalik tarixini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar asosida:
xalq xo‘jaligida ko‘proq agrar sohani rivojlantirishga yo‘naltirilganligi bois qishloq aholisining mutlaq ustunligi bilan ajralib turadigan Qoraqalpog‘iston aholisi urush yillaridagi og‘ir ijtimoiy-maishiy sharoitiga harbiy omil ta’siri jiddiy sezilib, odamlarni ijtimoiy muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashish usullari o‘zgarishiga olib kelganligiga oid natijalardan  Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining «Fan va ta’lim» axborot-ma’rifiy ko‘rsatuvi ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 19 oktyabrdagi 01-02/199-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Qoraqalpog‘iston xalqining ikkinchi jahon urushi davridagi kundalikli hayoti haqidagi ma’lumotlari yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
shahar sharoitidagi axborot sohasi mazmuni va ijtimoiy-maishiy jihatlar, mehnat faoliyatini boshqarish va nazorat qilishning qat’iy siyosatini amalga oshirish jamiyat e’tiborining maksimal darajada frontga yordam berishga qaratilishida hal qiluvchi rol o‘ynaganligiga oid natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktab ta’lim tizimiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 29 oktyabrdagi 01-01/05-4888-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi tizimidagi «Qoraqalpog‘iston tarixi» fani mazmunini takomillashtirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon bergan;
aholining safarbarlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga an’anaviy aloqalar, qadriyatlar va munosabatlar ta’sirida shakllangan barqaror xatti-harakatlar modellari to‘plami katta ta’sir ko‘rsatganligi bo‘yicha natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan musiqa va san’at maktablari tizimiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 2-04/157-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi musiqa va san’at sohasida ta’lim mazmunini yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash usullari bilan to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
shahar aholisining moddiy-maishiy sharoitlari faqat eng kichik zaruriy ehtiyojlarni qondirishni ta’minlagan bo‘lsa, ayni paytda Qoraqalpog‘iston qishloq aholisiga nisbatan ular ovul va qishloqlarning to‘liq iqtisodiy tanazzulga uchrashini aks ettirib, shu bilan birga kundalik hayotning axborot muhiti partiya va davlat tashviqot mashinasining kuchli ta’siri ostida shakllantirilganligiga oid natijalardan O‘zRFA QB Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-176-06 “Qoraqalpog‘istonda demografik jarayonlar tarixi (XX asrning 30-40 yillari)” (2006-2007 yy.) nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 19 sentyabrdagi 170b/1-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Qoraqalpog‘iston xalqining ikkinchi jahon urushi davridagi kundalikli hayoti haqidagi ma’lumotlari yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish