Mullaev Aziz Shomaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ipak yo‘lining qayta tiklanish jarayonlari tarixi va unda O‘zbekistonning ishtiroki”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.3.PhD/Tar319.
Ilmiy rahbar: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Xaqnazarov Xudoyberdi Dilmurodovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2019 yillarda Ipak yo‘lining qayta tiklanish jarayonlari tarixi va unda O‘zbekistonning ishtiroki masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning ikkinchi yarmida “sovuq urush” sharoitida xalqaro munosabatlarda Ipak yo‘lini qayta tiklash zaruriyatining vujudga kelganligi, bu borada 1987-1997 yillardagi YuNESKOning “Ipak yo‘li – muloqot yo‘li” xalqaro dasturi o‘zaro ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlash, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi, madaniyati va san’atda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi ochib berilgan;
Evropa va Osiyo mamlakatlarida Ipak yo‘li tarixi va zamonaviy ahamiyatini o‘rganadigan xorijiy markazlarining vujudga kelganligi, ularning “think thank - aql markazlari” sifatida xalqaro madaniy munosabatlarni “madaniy diplomatiya” asosida rivojlantirishga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri, shuningdek, Ipak yo‘lini tadqiq etishni takomillashtirish zaruriyati asoslab berilgan; 
“Bir makon, bir yo‘l” konsepsiyasi vujudga kelishining tarixiy asoslari, uni amalga oshirishda jahonning ayrim davlatlarida yuz berayotgan siyosiy beqarorlik kabi geosiyosiy, etarli infratuzulma, xalqaro norma, yagona bojxona tariflarining mavjud emasligi singari iqtisodiy muammolar va transport-kommunikatsiya sohasidagi ko‘ptomonlama hamkorligi asoslangan;  
O‘zbekistonning Zamonaviy Ipak yo‘li loyihasi doirasida madaniy-gumanitar aloqalari “xalq diplomatiyasi” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilganligi,  shu bilan birga dunyoning siyosiy manzarasi o‘zaro madaniy hamkorlikni chuqurlashtirishni talab etayotganligi, ilm-fan, madaniyat, turizm sohalarida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash uchun “Innovatsion Ipak yo‘li” xalqaro loyihasini amalga oshirish muvofiqligi asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Ipak yo‘lining qayta tiklanish jarayonlari tarixi va unda O‘zbekistonning ishtiroki masalalari tahlili natijasida olingan ilmiy yangiliklar va amaliy takliflar asosida: 
YuNESKO tomonidan 1987-1997 yillarda amalga oshirilgan “Ipak yo‘li-muloqot yo‘li” xalqaro loyihasining mintaqa mamlakatlari uchun ilmiy-amaliy dolzarbligi, ushbu loyihaning Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o‘rganish va xalqaro targ‘ib etishdagi ahamiyati, o‘zbekistonlik olimlarning ushbu loyihadagi ishtiroki, loyiha doirasida O‘zbekistonda Ipak yo‘li tarixi, arxeologiyasi, madaniyati va etnografiyasini o‘rganishga qaratilgan institutning tashkil etilishi, ilmiy nashrlarning chop etilishi hamda turizm sohasini rivojlantirishdagi ahamiyati masalalari Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazida bajarilgan “PZ-20170928749 O‘zbekiston mustaqillikka erishishining tarixiy shart-sharoitlari: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 3/1255-3184-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O‘zbekiston tarixi va madaniyatini ilmiy tadqiq etish, asrash va xalqaro darajada targ‘ib etish masalalari yuzasidan xalqaro madaniy hamkorligi masalalarini yoritib berishga xizmat qilgan;
Ipak yo‘li diplomatiyasini tiklash konsepsiyalari, uning xalqaro ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy integratsiyada tutgan o‘rni, O‘zbekiston Respublikasining Ipak yo‘li loyihalari doirasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorligi, transport-kommunikatsiya, energetika sohaslaridagi xalqaro aloqalar, turizm yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga oid ma’lumotlardan Tarix institutida bajarilgan FA-A1-G016P3-2014-0906065019 “O‘zbekistonning eng yangi tarixini fanlararo o‘rganish: metodlar, yondashuvlar va konsepsiyalar” (2015-2017 yy.)” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 25 iyundagi 3/1255-1321-son ma’lumotnomasi). Natijada Ipak yo‘li konsepsiyalari, qayta tiklanish jarayonlari hamda ularda O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki masalalarini yangi faktlar, arxiv hujjatlari va ilmiy manbalar asosida ochib berishga xizmat qilgan;
Ipak yo‘li konsepsiyasining amalga oshirilishi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonning ishtirokiga oid masalalar Buyuk Britaniyaning Kent va Kembridj universitetlari hamkorligida bajarilgan “GCRF COMPASS: Comprehensive Capacity-Building in Eastern Neighbourhood and Central Asia: research integration, impact governance and sustainable communities” loyihasida foydalanilgan (Kembridj universitetining 2019 yil 28 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonning Zamonaviy Ipak yo‘li doirasida madaniy-gumanitar aloqalari “xalq diplomatiyasi” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilganligi, mintaqada transport-kommunikatsiya aloqalarining rivojlanishi, savdo-iqticodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohasida amalga oshirilgan ko‘ptomonlama hamkorligining asosiy jihatlarini xalqaro miqyosda ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;  
Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy va zamonaviy ahamiyati, qayta tiklanish jarayonlari, tarmoqlari va mintaqadagi zamonaviy transport-kommunikatsiyalar, Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy merosi va uning xalqaro o‘rganilishi, shaharlarda tarixiy yodgorliklar holati va zamonaviy turizm istiqbollari, Ipak yo‘li tarixini 3D formatda elektron va onlayn holatga keltirish, ilm-fan, madaniyat, turizm sohalarida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash uchun “Innovatsion Ipak yo‘li” platformasini yaratishga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus loyihasi doirasida Pol`sha akademik almashinuv milliy agentligi, Lyublin texnologiya universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti ishtirokida “3D Digital Silk Road” xalqaro loyihasini amalga oshirishda qo‘llanilgan (Pol`sha Lyublin texnologiya universitetining 2020 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida “3D Digital Silk Road” elektron platformasining dastlabki varianti yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish