Mamatqulov Bekzod Sherozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosatining amalga oshirilishi va uning oqibatlari (1925-1941 yy)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.1.PhD/Tar419.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; O‘roqova Nigora Abdusalomovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sanoat sohasining 1925-1941 yillaridagi faoliyatini, tizimdagi islohotlar jarayonini hamda kadrlar siyosatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda 1925-1941 yillarda sanoat korxonalarining Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hududida joylashuvi va ular sonining aholi soni bilan bog‘liq holda aholi zich yashagan hududlarda faoliyat yuritganligi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm hududlarida sanoat korxonalar sonining kam tashkil qilinganligi aniqlangan;
sovet rejimining qatag‘onlari sanoat sohasini ham chetlab o‘tmaganligi, xususan o‘z respublikasining iqtisodiyoti hamda sanoatini yuksaltirish uchun harakat qilgan yuzlab yosh mutaxassis kadrlar “chet el josusi”, “xalq dushmani” qabilida qatag‘on qilinganligi asoslangan;
O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosatini amalga oshirish jarayonida hududda sanoat mahsulotlar ishlab chiqarishning ixtisoslashganligi, mazkur jarayonning natijasi sifatida bugungi kundagi hududlar sanoati rivojlanishining monarxiya tizimining asoratlari sifatida baholanganligi, temir yo‘llar mavjud bo‘lgan hududlarda sanoat korxonalarining qurilganligi dalillangan;
sanoat ishchilari tarkibini shakllantirish, fabrika va korxonalarni kadrlar bilan ta’minlash, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotli muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashda sanoatlashtirishning sun’iy ravishda jadallashtirilganligi, uning oqibatlari sifatida O‘zbekiston SSRda sanoat qurilishidagi zarur nisbatlar buzilganligi, mutaxassis kadrlar tanqisligi, sanoat sohasida oliy o‘quv yurtlari va ishchilarning malaka oshirish tizimining yaratilmaganligi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sanoatlashtirish sohasi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda 1925-1941 yillarda sanoat korxonalarining Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hududida joylashuvi va ular sonining aholi soni bilan bog‘liq holda aholi zich yashagan hududlarda faoliyat yuritganligi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm hududlarida sanoat korxonalar sonining kam tashkil qilinganligi hamda sovet rejimining qatag‘onlari sanoat sohasini ham chetlab o‘tmaganligi, xususan o‘z respublikasining iqtisodiyoti hamda sanoatini yuksaltirish uchun harakat qilgan yuzlab yosh mutaxassis kadrlar “chet el josusi”, “xalq dushmani” qabilida qatag‘on qilinganligi haqidagi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022 yil 2 fevralda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 8 fevraldagi 06-31-311-son ma’lumotnomasi). Bu esa O‘zbekiston sanoat sohasi tarixini o‘rganishda, ko‘rsatuv mazmunini boyitishda hal qiluvchi rol` o‘ynagan;
O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosatini amalga oshirish jarayonida hududda sanoat mahsulotlar ishlab chiqarishning ixtisoslashganligi, mazkur jarayonning natijasi sifatida bugungi kundagi hududlar sanoati rivojlanishining monarxiya tizimining asoratlari sifatida baholanganligi, temir yo‘llar mavjud bo‘lgan hududlarda sanoat korxonalarining qurilganligi hamda sanoat ishchilari tarkibini shakllantirish, fabrika va korxonalarni kadrlar bilan ta’minlash, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotli muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashda sanoatlashtirishning sun’iy ravishda jadallashtirilganligi, uning oqibatlari sifatida O‘zbekiston SSRda sanoat qurilishidagi zarur nisbatlar buzilganligi, mutaxassis kadrlar tanqisligi, sanoat sohasida oliy o‘quv yurtlari va ishchilarning malaka oshirish tizimining yaratilmaganligi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lganligi asoslangan xususidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 25 fevraldagi 03-18/102-son ma’lumotnomasi). Natijada industrial-agrar mamlakat hisoblangan O‘zbekistonning sanoat tarixi va uning rivojlanish bosqichlari xorijlik investor hamda turistlar uchun qiziqarli, shuningdek, ahamiyatli bo‘lishiga olib kelgan.