Zaripov Jahongir Gulmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sanoat migratsiyasi siyosati: 1950-1980 yillar (Buxoro viloyati misolida)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.1.PhD/Tar1024.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, dotsent; Aminova Aziza Marksovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning Buxoro viloyati misolida 1950-1980 – yillarda sanoat migratsiyasi jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1950-1980 - yillarda O‘zbekistonda sanoat migratsiyasining omil va sabablari dalillanib, sanoat shaharlari (Zarafshon, Gazli, Navbahor, Qorovulbozor va b.q.)ning vujudga kelishiga migratsiya jarayoni ta’sir ko‘rsatganligi, ko‘chirilgan aholining og‘ir va engil sanoatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etganligi aniqlangan;
1950-1980 - yillarda fuqarolarni ish bilan ta’minlash muammosini bartaraf etish uchun ularning «Buxoroneftgaz» va «Buxorogazpromstroy»ga ko‘chirish jarayoni amalga oshirilganligi, ko‘chirilgan zonalarda migrantlarning maishiy-moddiy turmush sharoitlarining yaratilganligi dalillangan;
Buxoro viloyatida sanoat zonalariga ko‘chirilgan xalqlarning milliy tarkibi sanoat zonalarida rus, yahudiy, belarus, ukrain, nemis va qozoqlar bo‘lganligi, qurilish zonalarida bolgar, tojik, kavkaz xalklari, qirg‘iz, o‘zbeklar faoliyat yuritganligi dalillangan;
sanoat tizimining migratsiya siyosati uchun moliyaviy harajatlar nazoratsizligi 1960 yilda quriq va bo‘z erlarga tartibsiz ko‘chirish natijasida davlatning iqtisodiy tushkunlikka tushishi va shu bilan birga ishchilar qo‘nimsizligining rivojlanishi oqibatida rejalashtirilmagan harajatlarning oshishi iqtisodiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi, shuningdek, migrantlarning respublika ijtimoiy-madaniy hayoti va mentalitetiga ta’siri, majburiy migratsiya holatlari va unga bo‘lgan negativ munosabatlar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «O‘zbekistonda sanoat migratsiyasi siyosati: 1950-1980 yillarda (Buxoro viloyati misolida)» muammosini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflardan:
1950-1980 - yillarda O‘zbekistonda sanoat migratsiyasining omil va sabablari dalillanib, sanoat shaharlari (Zarafshon, Gazli, Navbahor, Qorovulbozor va b.q.)ning vujudga kelishiga migratsiya jarayoni ta’sir ko‘rsatganligi, ko‘chirilgan aholining og‘ir va engil sanoatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etganligi hamda fuqarolarni ish bilan ta’minlash muammosini bartaraf etish uchun ularning «Buxoroneftgaz» va «Buxorogazpromstroy»ga ko‘chirish jarayoni amalga oshirilganligi, ko‘chirilgan zonalarda migrantlarning maishiy-moddiy turmush sharoitlarining yaratilganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklar va natijalardan «Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi»da «Migratsiya va milliy qadriyatlar ravnaqi» nomli tarixiy ko‘rgazmani tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 7 iyundagi 2/92-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzey fondini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga, sanoat shaharlarining shakllanish va rivojlanish bosqichlari yuzasidan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;
Buxoro viloyatida sanoat zonalariga ko‘chirilgan xalqlarning milliy tarkibi sanoat zonalarida rus, yahudiy, belarus, ukrain, nemis va qozoqlar bo‘lganligi, qurilish zonalarida bolgar, tojik, kavkaz xalklari, qirg‘iz, o‘zbeklar faoliyat yuritganligi hamda sanoat tizimining migratsiya siyosati uchun moliyaviy harajatlar nazoratsizligi 1960 yilda quriq va bo‘z erlarga tartibsiz ko‘chirish natijasida davlatning iqtisodiy tushkunlikka tushishi va shu bilan birga ishchilar qo‘nimsizligining rivojlanishi oqibatida rejalashtirilmagan harajatlarning oshishi iqtisodiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi, shuningdek, migrantlarning respublika ijtimoiy-madaniy hayoti va mentalitetiga ta’siri, majburiy migratsiya holatlari va unga bo‘lgan negativ munosabatlar isbotlangan haqidagi ma’lumotlar Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Zamondosh”, “Asrlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlari ssenariysi shakllantirishda foydalanilgan (Buxoro viloyati Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 27 maydagi 1/115-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarni viloyatdagi sanoat korxonalari imkoniyatlaridan foydalanish tarixi tajribasidan xabardor bo‘lishga xizmat qilgan.