Ahmadova Nafisa Ahmad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayoni (1991-2021 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar5421.
Ilmiy rahbar: Farmonov Rahmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qirg‘izboev Abdug‘affor Karimjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Qobulov Eshbolta Atamuradovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro va regional tashkilotlar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqada barqarorlikni ta’minlash hamda barqaror rivojlanish masalalarida olib borayotgan o‘zaro hamkorlikni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti, EXHT, MDH va ShHT bilan hamkorlik doirasidagi faoliyatlarining kambag‘allikni qisqartirish, an’ana va odatlarni saqlab qolish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy, hukumatlararo komissiyalar, siyosiy maslahatlashuvlar, parlamentlararo hamkorlik komissiyasi kabi siyosiy, kino, teatr, musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilik kabi madaniy xususiyatlari, tabiatni muhofaza qilish, ekologik monitoring tizimlari, ekologik vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda maxsus soliq stavkalarini o‘rnatish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlariga ko‘proq qaratilganligi dalillangan;
O‘zbekistonning AQSh, RF, Germaniya, Fransiya davlatlari bilan investision, eksport va ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi, kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash, avtomobil`, qurilish materiallari, farmatsevtika, elektrotexnika sanoatidagi hamkorliklari, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlari bilan iqtisodiy, fan va madaniyat sohalaridagi jadal iqtisodiy hamkorliklari iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, tarixiy-madaniy, tarixiy-etnologik tajriba, bilim, yozuv va an’analarni to‘liq saqlab qolishga qaratilganligi dalillangan;
O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash borasidagi olib borayotgan mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ko‘p tomonlama siyosiy hamkorlikni mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha sa’yi-harakatlari va Markaziy Osiyoni integratsiyalashtirish siyosati mintaqa davlatlari manfaatlariga xizmat qilayotganligi dalillangan;
Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi oliy darajadagi muloqot va ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlari hamda tashabbuslari natijasida savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalarda keng qamrovli tarzda rivojlanib borayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2021-yillarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayoniga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti, EXHT, MDH va ShHT bilan hamkorlik doirasidagi faoliyatlarining kambag‘allikni qisqartirish, an’ana va odatlarni saqlab qolish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy, hukumatlararo komissiyalar, siyosiy maslahatlashuvlar, parlamentlararo hamkorlik komissiyasi kabi siyosiy, kino, teatr, musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilik kabi madaniy xususiyatlari, tabiatni muhofaza qilish, ekologik monitoring tizimlari, ekologik vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda maxsus soliq stavkalarini o‘rnatish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlariga ko‘proq qaratilganligi hamda O‘zbekistonning AQSh, RF, Germaniya, Fransiya davlatlari bilan investision, eksport va ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi, kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash, avtomobil`, qurilish materiallari, farmatsevtika, elektrotexnika sanoatidagi hamkorliklari, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlari bilan iqtisodiy, fan va madaniyat sohalaridagi jadal iqtisodiy hamkorliklari iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, tarixiy-madaniy, tarixiy-etnologik tajriba, bilim, yozuv va an’analarni to‘liq saqlab qolishga qaratilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 20 oktyabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” va “Mavzu” dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 28 oktyabrdagi 01-40-1689-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar teletomoshabinlarga O‘zbekiston davlatining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv yo‘li xususiyatlari, xalqaro munosabatlarning shakllanishini tadbiq etish bo‘yicha muhim material sifatida ilmiy asosda o‘rganishga hizmat qilgan;
O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash borasidagi olib borayotgan mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ko‘p tomonlama siyosiy hamkorlikni mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha sa’yi-harakatlari va Markaziy Osiyoni integratsiyalashtirish siyosati mintaqa davlatlari manfaatlariga xizmat qilayotganligi hamda Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi oliy darajadagi muloqot va ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlari hamda tashabbuslari natijasida savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalarda keng qamrovli tarzda rivojlanib borayotganligi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlardan Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasida bajarilgan I-56-10/37-raqamli “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” shiori ostida “Yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoiylik, ahloqiy fazilatlarni shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur jamoat fondining 2022 yil 2 fevraldagi 04-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yoshlarga Mustaqil O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli a’zo sifatida kirganligi, uning xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tibori borligini asoslab berish imkonini bergan.